1. Ko‘rinish, panorama; kuzatish maskani
Ko‘zga tashlanib turgan yoki tasavvur etiladigan ko‘rinish, tasvir. Tabiatning go‘zal manzaralari. [Otabek]
▬
O‘zining ochiq ko‘zi, o‘tkir zehni orqali bunday o‘zboshimchalik orqasidan mudhish falokatli manzaralar ko‘rar edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar.