1. 1. Obyektiv holdagi muayyan vaziyat.
— Tog‘ sharoitiga moslasha boshlagan qo‘ylarning qonida o‘zgarish bo‘ladi.
S. Anorboyev, Oqsoy
Bu xislat ota-bobosining qonidan cho‘l sharoitida har bir boshoqni ming mashaqqat bilan o‘stirib, har qo‘yni avaylab boqqan sharoitidan singgan.
S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. 2. Biror narsaning sodir bo‘lishiga ta’sir etuvchi holat, vaziyat; imkoniyat.
Samarqand obidalaridek san’at asarlarining bunyod bo‘lishiga homiylik qilgan, jahonga dong‘i ketgan olimlarni to‘plab, ularga sharoit yaratib bergan odam [Amir Temur] ezgulikni his qilmasligi mumkin emas.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol