1. Kishining tug‘ilib o‘sgan o‘lkasi, shahri yoki qishlog‘i; yurt, diyor.
Bulbul chamanni sevar, odam — vatanni.
Maqol
2. Kishi tug‘ilib o‘sgan va o‘zini uning fuqarosi hisoblagan mamlakat; ona yurt.
Kishining qadri amali va unvoni bilan emas, vataniga, xalqiga qilgan xizmati bilan o‘lchanadi.
Shuhrat, Shinelli yillar
3. Turarjoy, boshpana, maskan, uy.
Yoshi yigirma beshni qoraladi. Lekin boshida na bo‘yradek vatani bor, na jonida halovati.
S. Siyoyev, Avaz
4. O‘simlik va shu kabilarning asli kelib chiqqan yerini bildiradi.
Uy limoni — rutagullilar oilasiga mansub, doim yashil subtropik o‘simlik. Vatani — Xitoy, Yaponiya, Sharqiy Hindiston.
Uy-ro‘zg‘or ensiklopediyasi