Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mamlakat}
So‘z bo‘g‘inlari: mam-la-kat
Izoh(lar)i:
mamlakat ot

1. 1. Muayyan chegaralarga va davlat suverenitetiga ega bo‘lgan hudud. Podshoning xastaligi sababli mamlakatda to‘yu ma’rakalar, bazmlar to‘xtatilgan. Mirmuhsin, Me’mor.
Yevropada qator demokratik tuzumdagi mamlakatlar paydo bo‘ldi. Oybek, Nur qidirib
Do‘stlik — mamlakat, davlat boyligi, uning kuch-qudrati, deydi xalqimiz. R. Fayziy, Ta’zim

2. 2. Geografik holati, tabiiy sharoitlari bilan farqlanadigan, ajraladigan joy, hudud. Kuz oylarida qushlar polaponlarini uchishga, gala bilan parvoz qilishga o‘rgatadilar, so‘ng issiq mamlakatlarga ravona bo‘ladilar. Gazetadan

3. 3. Mamlakat (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: vatan [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.