1. 1. Ixtiyordagi, qo‘ldagi bor mol-dunyo, yer-suv, imorat va boshqalar boyliklar.
Jamoat mulki. Xususiy mulk. Shaxsiy mulk.
▬
[Komilov Qodirovga:] Davlat mulkini, xalq mulkini ko‘z qorachig‘iday saqlashimiz kerak. Uyg‘un,
Navbahor
Madamin otasidan qolgan moliga mol, mulkiga mulk qo‘shdi.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. ko‘chma hma Boylik.
Oybekning qalamiga mansub asarlar allaqachon qardosh xalqlarning ma’naviy mulkiga aylangan.
Gazetadan
Respublika kengashi qishloqlarni qayta qurishda to‘plangan boy tajribalarni hammaning mulkiga aylantirish haqida astoydil g‘amxo‘rlik qilmoqda.
O‘zbekiston qo‘riqlari
O‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan asarlar umumsan’at mulki, xalqlar mulki bo‘lib qoldi.
N. Safarov, Olovli izlar
3. esk. kt. kt. Joy, mamlakat kabi ma’noli so‘z bilan birikib, shu so‘z anglatgan joy, mamlakat, viloyat ma’nosini bildiradi.
Podshoh hazratlari, mulki Xurosonning taqdiri va hayoti sizning qo‘lingizdadir.
Oybek, Navoiy
Yo‘q jahon mulkida bizdek ojiz-u bechora xalq.
Avaz
4. ko‘chma hma Ba’zi so‘zlar bilan birikib, shu so‘z anglatgan narsaga tegishlilikni bildiradi.
Bu kishining sehrli bo‘yoqlaridan chiqayotgan suratlar go‘zallik mulki.
S. Karomatov, So‘nggi barxan
Husn mulkida kishi tanho bo‘larmi muncha ham?
Muqimiy