Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {el}
So‘z bo‘g‘inlari: el
Izoh(lar)i:
el [el ]

1. Bir joyning odamlari, aholisi, xalqi; umuman, ko‘pchilik odam, xaloyiq, hamma. U erining qilmishidan el oldida boshini xesh qilib yurardi. T. Ashurov, Oq ot

2. Bir yurtga, qabilaga mansub odamlar; millat, xalq. Shifokorlik kasbini ulug‘lash, elga sidqidildan xizmat qilish, kishilarning dardiga davo topish oliyjanob ishdir. Gazetadan

3. Yurt, diyor, mamlakat. Chet ellar. Har kim elida, o‘rdak ko‘lida. Maqol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: vatan [a], xalq [a]

1. el I Ot
“l” harfining nomi

2. el II Ot
biror joyning odamlari

Paronimi: mavjud emas.

Kelishik shaklinutqda ismlarnio‘zidan keyingi so‘zga tobelovchi vosita. Bu vositalar ismni keyingi so‘zga tobelantirish bilan birga uning gapdagi vazifasini ham belgilab beradi. Bunday shakllar tizimi – kelishik kategoriyasi. Kelishik, aytilganidek, ergash so‘z vazifasidagi ismni bosh so‘z vazifasidagi ism yoki fe’l bilan bog‘laydi. Shu sababli kelishik ismlarning munosabat (aloqa-munosabat, sintaktik) shakllariga kiritiladi. O‘zbek tilida kelishikning oltita shakli ajratiladi.

Bosh kelishik. Maxsus shakli yo‘q. Bosh kelishikdagi ism gapda quyidagi vazifada keladi: 1) ega: Yomg‘ir yog‘moqda; 2) izohlovchianiqlovchi: Doktor Aybolit –bolalarning sevimli qahramoni; 4)sifatlovchianiqlovchi: Taxta ko‘prik sinovdan yaxshi o‘tmadi; 5) undalma: Bolalar, darsga!; 6) ravish holi: Oy borib, omon qayt.

Qaratqich kelishigi. Maxsus shakli ning. Tarixiy varianti -im: O‘zbekiston – vatanim manim (A.Orip.). Tovush tushishiga uchragan varianti -ing: mening, sening. Qisqargan shakli -n: ko‘zin oqu qorasi, yer kurrasin boshin tang‘idik. O‘g‘uz lahjasidagi varianti -ing: Intizorman yoriming diydoriga.

Gapda qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z qaratqich-aniqlovchi vazifasida keladi: Dunyoning tashvishlari ko‘p.

Ism bilan ismning aloqasini ko‘rsatadi: maktabning hovlisi, Qarshining havosi.

Tushum kelishigi.Maxsus shakli ni. Tovush tushishiga uchragan varianti -i: meni, seni. Qisqargan shakli -n: Tog‘ lolasin zavq bilan terdimOlmazorlar gulin to‘kadi, meva bog‘lab shoxin bukadi (H.Olim.).

Tushum kelishigidagi ism gapda vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida keladi: Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim (A.Orip.).

Ism bilan fe’lning aloqasini ko‘rsatadi: choyni ichmoq, maktabni tugatmoq.

Jo‘nalish kelishigi. Maxsus shakli ga. Tovush o‘zgarishiga uchragan varianti -ka/-qa. (k undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda -ka, q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda -qa shaklida aytiladi va shunday yoziladi: eshikka, buyruqqa. Boshqa barcha holda, qanday aytilishidan qat’i nazar, -ga tarzida yoziladi: bog‘ga, cho‘g‘ga, pedagogga, bargga. O‘g‘uz lahjasidagi varianti -a: Do‘stlar, sog‘inganimni gul yuzli yora ayting. Do‘stlar, men bir guli ra’noya oshiq o‘lmisham. Bolama o‘xshaydi ovozing sening.g‘a qo‘shimchasi eskirgan va shevadagina saqlangan. na faqat o‘g‘uz lahjasiga xos: Go‘zal yorim Shohsanamning to‘yina Borsam, o‘ldirarlar, bormasam, o‘lam.

Gapda jo‘nalish kelishigi shaklidagi ism quyidagi vazifalarda keladi: 1) vositali to‘ldiruvchi: Balki senga ayon, balki noayon, Bir hayot hadisin aylayin bayon; 2) o‘rin holi: Kitobga ketyapman. 3) Payt holi: Bu kiyimlarni qishga asrab qo‘ying. 4) Sabab holi: Bilmaganiga uyaldi. 5) Maqsad holi: O‘qishga kelganmiz. 6) Kesim: Bu kitob senga (dir, edi, ekan, emish).

Ismning fe’l, ba’zan ism bilan aloqasini ko‘rsatadi: maktabga ketmoq, menga katta, o‘zingga qiyin.

O‘rinpayt kelishigi. Maxsus shakli da. Gapda o‘rin-payt kelishigi shaklidagi ism quyidagi vazifada keladi: 1) Vositali to‘ldiruvchi: Unda nima ishing bor? 2) O‘rin holi: Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek, Intizor ko‘zlarda halqa-halqa yosh; Kitobda tug‘ilganman; 3) payt holi: 1- avgustda uchrashamiz; 4) sabab holi: Suyaklari mehnatda qotgan; 5) ravish holi: Sukutda kutdi; 6) kesim: Hamma ayb o‘zimda (dir, edi, ekan, emish). Kuch – adolatda.

Ismning asosan fe’l bilan aloqasini ko‘rsatadi: maktabda o‘qimoq, yozda uchrashmoq.

Chiqish kelishigi. Maxsus shakli dan. Tarixiy shakli -din: Jondin seni ko‘p sevarman, ey umri aziz… (Nav.).

Gapda chiqish kelishigi shaklidagi ism quyidagi vazifalarda keladi: 1) vositali to‘ldiruvchi: Otalar boladan ranjisa biroq… (A.Orip.) Paxtadan ko‘plab sanoat mahsulotlari olinadi; 2) o‘rin holi: Xorazmdan qaytib keldik; 3) payt holi: O‘qishni 1-sentyabrdan boshlaymiz; 4) sabab holi: Bilmaganidan uyaldi. Xursandlikdan shoshib qoldi chol; 5) ravish holi: Yurakdan tabrikladi; 6) kesim: Umidimiz sizdan; 7) ega: Rastada har xil ko‘katlardan bor edi (bosh kelishik bilan ma’nodosh bo‘ladi); 8) vositasiz to‘ldiruvchi: Nondan oling (tushum kelishigi bilan ma’nodosh bo‘ladi).

Ismning fe’l, ba’zan ism bilan aloqasini ko‘rsatadi: maktabdan qaytmoq, mendan so‘ramoq, olmadan shirin.

Kelishikning belgisiz ishlatilishi. Kelishik shakllaridan to‘rttasi belgisiz ishlatilishi mumkin: 1) qaratqich: Maktab (ning) stadioni kengaytirildi; 2) tushum: Bunda bulbul kitob (ni) o‘qiydi; 3) jo‘nalish: Ertaga litsey (ga) borasanmi? 4) o‘rin-payt: yer haydasang, kuz (da) hayda.

Kelishik ma’nodoshligi.Kelishiklarda ma’nodoshlik kelishiklararo, kelishik va ko‘makchi orasida kuzatiladi.

Kelishiklararo ma’nodoshlik:

1)  ning bilan dan: mehmonning biri – mehmondan biri, do‘stimning ba’zisi – do‘stimdan ba’zisi. Qaratqichvatushumsinonim bo‘lolmaydi: Ukamning daftari birikmasini ukamni daftari tarzida qo‘llash noto‘g‘ri.

2) ni bilan ga, dan, da: gapingizni tushunmadim –gapingizga tushunmadim; nonni oling –nondan oling; shaharni kezmoq –shaharda kezmoq;

3) ga bilan dan, da. ni: kelganiga xursand – kelganidan xursand; vokzalga tushaman –vokzalda tushaman – vokzaldan tushaman; gapingizga tushunmadim – gapingizni tushunmadim;

4) da bilan ga, dan, ni: vokzalda tushaman – vokzalga tushaman – vokzaldan tushaman; bog‘ni aylanmoq – bog‘da aylanmoq;

5) dan bilan -ning, -ni, -ga, -da: topishmoqning biri – topishmoqdan biri; taassurotdan so‘zlab bermoq – taassurotni so‘zlab bermoq; bekatdan tushmoq – bekatga/da tushmoq.

Kelishik va qo‘makchi ma’nodoshligi:

1) ning bilan qarashli va tegishli: maktabning stadioni –maktabga qarashli stadion; sizning xonangiz tayyor –sizga tegishli xona tayyor;

2) ni bilan haqida, to‘g‘risida, xususida: o‘qigan romanini so‘zlab bermoqo‘qigan romani haqida so‘zlab bermoq;

3) ga bilan uchun, sababli, tufayli, vajdan, tomon, qarab: senga oldim – sen uchun oldim; shunga xafa bo‘ldi –shu sababli (tufayli) xafa bo‘ldi –shu vajdan xafa bo‘ldi;

4) da bilan bilan, orqali, yoqalab (bo‘ylab): qalamda yozmoq –qalam bilan yozmoq, telefonda gaplashmoq –telefon orqali gaplashmoq; sohilda yugurmoq – sohil bo‘ylab/yoqalab yugurmoq;

5) dan va bilan, orqali, haqida: shu yo‘ldan boriladi –shu yo‘l orqali boriladi –shu yo‘l bilan boriladi; bolaligidan so‘zladi –bolaligi haqida so‘zladi.

Uslubiy belgilari. Kelishik shaklining noto‘g‘ri qo‘llanishi uslubiy g‘alizlikni keltirib chiqaradi: Bu Salimnigina emas, mening ham kamchiligim. Bu gapda tushum kelishigi shakli noto‘g‘ri qo‘llangan. Yoki o‘rin-payt kelishigi shakli o‘rnida jo‘nalish kelishigi shaklini ishlatish ham uslubiy xato: Qarshida o‘qiyman – Qarshiga o‘qiyman kabi.

Tushum va qaratqich kelishigidan boshqa barcha kelishik shaklidagi ismlar kesim vazifasida kela oladi.

Qaratqich, tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt kelishiklari belgisiz ishlatiladi.

Qaratqich, tushum, jo‘nalish kelishiklari qisqargan shaklda ishlatiladi.

Chiqish, jo‘nalish, o‘rin-payt kelishiklar ravish, modal so‘zlar tarkibida yaxlitlanib qoladi: birga, tezda, chindan, to‘satdan, birdaniga, yoppasiga, kunda; haqiqatdan, birinchidan.

 

Tinish belgisiyozmanutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashtirishda, yozma nutq qismlarining o‘zaro mazmun munosabatlarini ko‘rsatuvchi muhim yozuv vositasi. Ular quyidagilar: nuqta (.), so‘roq belgisi (?), undov belgisi (!), vergul (,), nuqtali vergul (;), ikki nuqta (:), ko‘p nuqta (…), tire (–), qavs ( () ), qo‘shtirnoq (“”).

Nuqtaning ishlatilishi. Nuqta quyidagi o‘rinda qo‘yiladi:1) tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq va undov (his-hayajon) gapdan keyin: Oltin kuz fasli kirib keldi. Darslarni o‘z vaqtida tayyorlab yurgin. Koshki, uning kuchi yetsa.2) birinchi qismida nuqta, ko‘p nuqta, undov yoki so‘roq belgisi bo‘lgan ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan keyin:“Men hozir jo‘nayman, – dedi u. – Siz esa yarim soatlardan keyin yo‘lga chiqing”.3) qisqartirilgan ism va familiyaning birinchi harfi yoki qismidan keyin: M.Ism. (Mirzakalon Ismoiliy).4) sanash yoki ayrim fikrning qismini ifodalagan va oy, kun, yilni bir-biridan ajratish uchun qo‘llangan raqam yoki harfdan keyin: 27.09.2002 kabi.Qavsga olingan manbadan oldingi gap oxiridagi tinish belgisi o‘z o‘rnida saqlanadi va qavsdan keyin hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi: Ketdi.(A.Qah.) Shuningdek, sarlavhadan keyin (darak gap bo‘lsa) nuqta qo‘yilmaydi. Lekin sarlavha birdan ortiq mustaqil sodda gapdan tuzilgan bo‘lsa, oldingilaridan keyin nuqta qo‘yilib, oxirgisidan keyin qo‘yilmaydi: Gap. Sodda gap

So‘roq belgisining ishlatilishi. So‘roq belgisi quyidagi holda ishlatiladi: 1) so‘roq gapdan keyin: Ishga tayyormisiz? 2) so‘roq gap birdan ortiq bo‘lishi mumkin. Bunda: a) so‘roq gap mustaqil bo‘lsa, har biridan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi: Qishloq qanday? Og‘aynilar yaxshi yurishibdimi?b) agar so‘roq gap mazmunan umumiy bir fikrni ifodalasa, va qo‘shma gap tarzida bo‘lsa, eng so‘nggi so‘roq gapdan keyin qo‘yiladi: – Kim kelyapti: Savrimi, Rahbarmi, yo akangning bolalarini yetaklab kelyapsanmi?3) gap darak gap, undagi birorso‘z yoki ibora noaniq bo‘lsa va gumon ifodalansa, undan keyin so‘roq belgisi qo‘yiladi: Bu ishning hammasini yarim soat (?) ichida bajarar ekanmiz.Ba’zan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapning oldingisi so‘roq, qolgani esa uning izohi sifatida kelishi mumkin, bunday holda ular orasiga vergul yoki tire qo‘yilishi mumkin, lekin qo‘shma gapning qismi vergul yoki tire bilan ajratilishi shart bo‘lganligi tufayli so‘roq belgisi qo‘yilmaydi: U ertaga keladimi, kelmaydimi, bu men uchun qorong‘i.

Undov belgisining ishlatilishi. Undov belgisi quyidagi holda ishlatiladi: 1)his-hayajon ifodalagan gapdan keyin: Yoshligimizda naqadar baxtiyor edik! 2) buyurish, tilak, orzu ma’nosini ifodalagan gapdan keyin: Hoziroq bularni ko‘zimdan yo‘qot! Qani endi qush kabi osmonda parvoz qilsa! 3) gap boshida kelib, kuchli his-hayajon ifodalagan undalma, undov hamda ha va yo‘q so‘zidan keyin: Yo‘q! Rustam bunday qabihlikka bormaydi hech qachon! Azizlar! Sizni mustaqillik bayrami bilan tabriklayman!Bunda undovdan oldingi so‘z mustaqil gap sifatida qaraladi.

Ko‘p nuqtaning ishlatilishi. Ko‘p nuqta quyidagi o‘rinda qo‘yiladi: 1) fikr tugallanmaganda: Agar hozir gapingizni to‘xtatmasangiz...2) so‘zlovchining o‘ylashi, mulohaza qilishini ko‘rsatadi: Bugun... bugun oldingizga o‘tsam bo‘ladimi? 3) ba’zan kimningdir savoliga javob bermay, indamay turganini ko‘rsatish uchun: Mendan rozimassiz, bilaman, kechirmaysiz...4) biror so‘z yoki gapning tushirilganini ko‘rsatish uchun: Bugun yettinchi bo‘limga kelib, ... fig‘oni oshdi.

Ko‘p nuqta, undov va so‘roq belgisining birga kelishi.Gap mazmuni mazkur tinish belgisining birga qo‘llanishini taqozo qiladi. Bunda: 1) so‘roq mazmunidan his-hayajon kuchliroq bo‘lgan gapdan keyin avval undov, keyin so‘roq belgisi birikkan holda (!?) qo‘yiladi: Go‘zallik olamni qutqarishiga kim ishonmaydi!?2) kuchli his-hayajon bilan berilgan savolni ifodalaydigan so‘roq gapdan so‘ng avval so‘roq, keyin undov belgisi birikkan holda qo‘yiladi: – A?! – Xonkeldiyeva turgan yerida surat bo‘lib qoldi. – Direktorimiz-a?! 3) kuchli his-hayajon ifodalagan va mazmunan tugallanmagan gapdan keyin avval undov, keyin ko‘p nuqta birikkan holda (!...) qo‘llanadi: – Nafisa!.. Nafisaoy!...4) mazmunan tugallanmagan so‘roq gapdan so‘ng avval so‘roq, keyin ko‘p nuqta birikkan holda (?...) ishlatiladi: – Nima dedingiz? Bularning hammasi men uchun?...

Vergulning ishlatilishi. Vergul quyidagi o‘rinda qo‘yiladi: 1)uyushiq bo‘lak orasida: 2) bog‘lovchisiz birikkan uyushiq bo‘lak orasida: 1. Andijon, Namangan, Qo‘qon, Marg‘ilon – O‘zbekning chamani, bog‘-u bo‘stoni. 3) takrorlanuvchi bog‘lovchi bilan birikkan uyushiq bo‘lak orasida: U goh kulimsiraydi, goh chuqur o‘yga toladi. 4) zidlovchi bog‘lovchi yordamida birikkan uyushiq bo‘lak orasiga: Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi.5)undalmani gapdan ajratish uchun: Ertaga, azizim, toqqa jo‘naymiz; 6)kirish so‘zni va tuzilishiga ko‘ra murakkab bo‘lmagan kirish gapni ajratish uchun: a). Xullas, ertaga shu yerda yotiladigan bo‘ldi. b) Men sizga aytsam, odamning yomoni bo‘lmaydi; 7) ha va yo‘q so‘zini gap bo‘lagidan ajratish uchun: Ha, bu gapingiz to‘rg‘i. Yo‘q, ertaga kela olmayman;8) gapning ajratilgan bo‘lagini ajratib ko‘rsatish uchun: “Biz, 22-guruhda o‘quvchi qizlar, Xayriniso ham biz bilan yonma-yon turib o‘qishini istaymiz”;9) bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gapda: Eshik ochildi, ichkariga muzday havo yopirilib kirdi;10)va, ham, hamda, yoki (yolg‘iz kelgan holida) dan boshqa bog‘lovchi bilan bog‘langan qo‘shma gapda: hamma gapirdi, lekin u bir chekkada xomush o‘tirar edi;11) ergash va bosh gapni ajratish uchun: Hamma yig‘ilsa, majlis boshlanadi;12) muallif gapini ko‘chirma gapdan ajratish uchun:Bugungi qilgan ezgu ishlarimiz, – dedi ota, – kelajak uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi;

Nuqtali vergulning ishlatilishi. Nuqtali vergul quyidagi o‘rinda qo‘llanadi: 1) o‘z ichida vergul bo‘lgan va guruh-guruh qo‘llangan yoki yoyiq uyushiq bo‘lak orasida: Mehnat, ijod, odam sharafi; Dil yorug‘i, hayot quvonchi - Hammasining asli manbai Sen, Vatanim – tinchlik tayanchi. 2)         o‘z ichida verguli bo‘lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqillikka ega sodda gaplar orasida hamda har xil turdagi gapni o‘z ichiga olgan qo‘shma gapda: Daraxtlar, butalar shitirladi; kuzning salqin nafasi yuziga urildi; 3) qavsli harf yoki raqam bilan tartiblangan gapning oxirgisidan boshqasida: Qo‘shma gap uchga bo‘linadi: a) bog‘langan qo‘shma gap; b) bog‘lovchisiz qo‘shma gap; d) ergash gapli qo‘shma gap.

Ikki nuqtaning ishlatilishi. Ikki nuqta quyidagi holda ishlatiladi: 1) uyushiq bo‘lakdan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan so‘ng: Yig‘ilishda tajribali ishchilar: Salim aka, Abdukarim aka va Sobirjonlar so‘zga chiqishdi; Ba’zan umumlashtiruvchi so‘z yashirinishi mumkin, lekin ikki nuqta qo‘yilaveradi: Qilinishi kerak: traktorlar ta’mirdan chiqarilsin, ishchilarga yetarli sharoit yaratilsin.2) quyidagi ma’noni ifodalagan bog‘lovchisiz qo‘shma gapda: a) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini ko‘rsatsa: U ichkariga shoshib kirib ketdi: telefon anchadan beri jiringlayotgan ekan;b) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini ko‘rsatsa: Shamol juda zo‘raydi: daraxtlarning ancha-munchasi sinib tushdi;d)        agar biror gap boshqa bir gapning mazmunini to‘ldirsa yoki izohlasa: Vazifangiz shu: bironta odam bu xonaga kirmasligi kerak.e) ko‘chirma gapdan oldin, muallif gapidan so‘ng: U baland ovozda so‘radi: - Kim bor?

Tirening ishlatilishi. Tire quyidagi o‘rinda qo‘llanadi: 1) ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalanib, kesim bilan bog‘lamasiz birikkan ega va kesim orasida: O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. Ikki o‘n besh – bir o‘ttiz. Bularni amalga oshiradigan – siz. O‘qish – hayotni uqish;2) uyushiq bo‘lakdan so‘ng kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin: Akam, opam va singlim – barchasi meni kutib o‘tirishgan ekan;3) ajratilgan bo‘lak bilan izohlanmish orasida: Men – Valiyev To‘ychi, 1973- yilda Dehqonobodda tug‘ilganman;4) kirish gap bilan gap bo‘laklari orasida: Tunov kungi ovchi – uni o‘rmonda uchratib qoldim – menga qiziq bir voqeani so‘zlab berdi;5) muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida: Bugun kelasizmi? so‘radi qizi; 6) dialog tipidagi ko‘chirma gapda: Keldimi? – Keldi;7) kutilmagan voqea-hodisani ifodalagan gapdan oldin: Kecha sizlarnikiga borgan edim – Asqarjon kelibdi!8) zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gap orasida: Jismimiz yo‘qolur – o‘chmas nomimiz.

Qavsning ishlatilishi. Qavs quyidagi holda ishlatiladi: 1) ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh beruvchi so‘z yoki ibora qavsga olinadi: Karimjon (sinfimizning a’lochisi) oliy o‘quv yurtiga kiribdi; Qavsdan oldingi tinish belgisi (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire) qavsdan keyin qo‘yiladi: Chavandoz bu gapni Ertoyevga aytishni ham, aytmaslikni ham bilmay (aytsa Ertoyev xafa bo‘ladi, aytmasa bir joydan chatog‘i chiqishi mumkin), boshi qotib ... turganda... Gulchehra mojarosi chiqsa bo‘ladimi?2) kiritma gap yoki dramatik asardagi remarka qavs bilan beriladi: a) Ukam (sen uni taniysan) bu yil maktabni bitirdi. b)Aziz Kamol(xayol og‘ushida).Vatanimizga qarshi ko‘tarilgan ruhiy va iqtisodiy hujum shu kunlarda cho‘qqisiga chiqdi;3) misol yoki ko‘chirmaning manbai: Eshik qars etib yopildi. (O.Yoq.);4) kirish so‘z yoki iboraga oid tinish belgi qavsning ichiga olinadi: To‘satdan uning xayoliga akasining bundan besh-olti oy oldin... yozgan xati (o‘shandan beri undan dom-darak yo‘q!) ... tushdi.

Qo‘shtirnoqning ishlatilishi. Qo‘shtirnoq quyidagi holda ishlatiladi: 1) ko‘chirma gapni ajratib ko‘rsatish uchun: “Ertaga kelaman “, - dedi;2)ko‘chma, shartli nom yoki taxallus ma’nosidagi ayrim so‘z va so‘z birikmasi ham qo‘shtirnoqqa olinishi mumkin: “Tog‘ asali” sotadigan yigit ... dovonning naryog‘iga o‘tib ketgan.Qo‘shtirnoqqa olinishi kerak bo‘lgan so‘zda turlovchi (kelishik) qo‘shimcha mavjud bo‘lsa, bu qo‘shimcha qo‘shtirnoqdan keyin qo‘yiladi: Buni ko‘rgan Aziz o‘zi haydab kelayotgan «GAZ 69”ning yurishini tezlatib, yo‘lga chiqdi-da, “Jiguli “ tomonga burildi.

Tutuq belgisi– Alifboda 29 harfdan keyin ma’lum vazifalar yuklangan 30- belgi. Vazifasi quyidagilar: 1) a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim; ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’lakabi o‘zlashma so‘zlarda oldingi unli tovushning cho‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi;mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabarkabi so‘zlarda o‘ unlisi cho‘ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi; 2)in’om, san’at, qat’iy, mas’ulkabi o‘zlashma so‘zda unlining oldingi undoshdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi; 3) s va h harfini sh harfidan farqlash uchun ishlatiladi: is’hoq, mus’haf kabi.

1. achchig‘i keldi, achchig‘i qistadi: achchiqlandi

2. achchig‘i kelmoq: achchig‘i kelmoq

3. aqlni eltmoq: aqlni (es-hushni) olmoq

4. bajo keltirdi: bajardi, o‘rinlatdi

5. baland keldi: 1)yengdi 2)ustun keldi, g‘olib keldi

6. bandalikni bajo keltirmoq: vafot etmoq, qazo qilmoq, o‘lmoq

7. baravar kelmoq: 1.turli ko‘rsatkich va belgilariga ko‘ra bir xil chiqmoq; 2.muvozanatga kelmoq, tenglashmoq. 3.ko‘chma biror harakatda (janjalda, munozarada, kurashda) teng kelmoq, bas kelmoq. 4.«teng, bir xil» ma’nolaridagi kesim vazifasida.

8. bas keldi: teng keldi, baravar keldi

9. bel bog‘ladi: shaylandi, astoyidil kirishdi

10. bel bog‘lashdi: musobaqalashdi

11. bel olishdi: kurash tushdi, kuch sinashdi

12. beli og‘rimaydi: mashaqqat chekmaydi, qiynalmaydi

13. beliga tepdi: xalaqit berdi

14. bog‘dan kelsa, tog‘dan keladi: suhbatdoshining gapiga hech aloqasi yo‘q gap-so‘z aytdi

15. bosh urib kelmoq: najot izlab, panoh istab kelmoq.

16. boshiga keldi: o‘yladi, idrok qildi, fahmladi

17. boshiga qilich kelsa ham: har qanday sharoitda ham

18. do‘ppisi tor keldi: ilojsiz og‘ir ahvolga tushdi

19. duch keldi: kutilmaganda yo‘liqdi, bexosdan uchratdi

20. dunyoga keldi: tug‘ildi

21. elburutdan: vaqtidan oldin, barvaqt

22. eldan burun: vaqtidan oldin, barvaqt

23. ellik og‘iz: juda ko‘p

24. esiga keldi: 1)xotirasida tiklandi 2)o‘yladi, idrok qildi

25. g‘ashi keldi: asabi qo‘zg‘adi

26. g‘azabga keldi: achchiqlandi

27. g‘azabi keldi: achchiqlandi

28. g‘olib keldi: yengdi

29. havasi keldi: biror narsaga erishish ishtiyoqi uyg‘ondi

30. hushi o‘ziga keldi: 1)behushlikdan qaytdi 2)odatdagi sezish, anglash holatiga qaytdi

31. hushiga keldi: 1)behushlikdan qaytdi 2)odatdagi sezish, anglash holatiga qaytdi

32. ikki ellik: qisqagina

33. ish o‘ngidan kelmoq: ish ko‘ngildagidek bo‘lmoq, yurishmoq.

34. jahlini keltirdi: achchiqlandi

35. jahonga keldi: tug‘ildi

36. joni bo‘g‘ziga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi

37. joni halqumiga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi 3) nihoyatda qattiq qo‘rqdi

38. joni hilqildog‘ga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi 3) nihoyatda qattiq qo‘rqdi

39. joni tomog‘iga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi

40. joyiga keltirdi: o‘rinlatdi

41. ko‘ngliga keldi: 1)o‘zicha o‘yladi 2) biror munosabat bilan aytilgan gapni yoki qilingan harakatni og‘rinib qabul qildi 3)hohladi

42. ko‘z o‘ngiga keldi: tasavvurida gavdalandi

43. ko‘z oldiga keldi: tasavvurida gavdalandi

44. ko‘zning oldiga keldi: tasavvurida gavdalandi

45. malol keldi: ortiqcha bir narsadek qabul qildi, og‘ir tuyuldi

46. maydonga kelmoq: yuzaga kelmoq, paydo bo‘lmoq, tug‘ilmoq

47. miyasiga keldi: o‘yladi, idrok qildi, fahmladi

48. mos keldi: muvofiq bo‘ldi, mos bo‘ldi

49. nari borib, beri keldi: juda qattiq azoblandi

50. o‘ng keldi: 1)qulay bo‘ldi 2)voqelikka aylandi

51. o‘ngidan keldi: muvaffaqiyatli bo‘ldi

52. o‘rniga keltirdi: o‘rinlatdi

53. o‘ziga keldi: 1)behushlikdan qaytdi 2)odatdagi so‘zlash, anglash holatiga qaytdi 3)avvalgi sog‘ligini, kuch–quvvatini tikladi 4) to‘g‘ri idrok qildi

54. og‘zidan sut hidi keladi: hali yosh, tajribasiz

55. ona suti og‘zidan keldi: haddan tashqari qiynalib ketdi

56. ona suti og‘ziga keldi: haddan tashqari qiynalib ketdi

57. ovi baroridan kelmoq: kimning Ishi yurishmoq, ko‘zlangan maqsadga erishmoq.

58. parvoyiga keltirmaslik: e’tibor qilmaslik, o‘ylab ham o‘tirmaslik

59. qahri keldi: achchiqlandi

60. qamishdan bel bog‘lamoq: sidqidil bilan, astoydil.

61. qo‘l keldi: manfaatiga mos tushgan holda qulaylik berdi

62. qo‘lidan keldi: bajarishga, qilishga qodir

63. qo‘lidan kelganicha: qila olganicha, bilganicha, kuchi yetganicha

64. quloqni qomatga keltirmoq: hayratlanmoq, e’tibor bilan eshitmoq, yoki diqqat bilan kuzatmoq

65. rahmi keldi: ayash, achinish hissi uyg‘ondi

66. rahmini keltirdi: ayash, achinish hissini uyg‘otdi

67. tilga keldi: gapirish qobiliyati tiklandi

68. to‘g‘ri keldi: 1)muvofiq bo‘ldi, mos bo‘ldi, yaradi 2)bir vaqtda bo‘ldi 3)yo‘liqdi, uchradi 4) taqsimlaganda tegdi 5) qulay bo‘ldi 6) lozim bo‘ldi, zarur bo‘ldi

69. to‘g‘ri kelgan: daf’atan nima yoki kim uchrasa, shu

70. to‘rt ellik: qisqagina

71. tob keltira olmaydi: chiday olmaydi, qarshi tura olmaydi

72. tog‘dan kelsa, bog‘dan keldi: suhbatdoshining gapiga hech aloqasi yo‘q gap-so‘z aytdi

73. tor kelib qolganda: ilojsiz og‘ir ahvolga tushdi

74. ustun keldi: yengdi

75. uyqu elitmoq: ayn. uyqu olmoq

76. xayoliga keldi: 1)o‘yladi, idrok qildi, fahmladi 2)xotirasida tiklandi

77. xo‘rligi keldi: o‘ksinib, yig‘lab yuborish holtiga bordi

78. xotiriga keldi: 1)xotirasida tiklandi 2)o‘yladi, idrok qildi

79. xush keldingiz: Mehmon kelganda, hurmat yuzasidan aytiladigan ibora

80. xush kelibsiz: Mehmon kelganda, hurmat yuzasidan aytiladigan ibora

81. xush kelmoq: yoqdi

82. xushiga kelsa: Xohlasa, yoqtirsa

83. yelkasiga olmoq: e’tirof qildi, biror holatga rozi bo‘ldi

84. yelkasining chuquri ko‘rsin: yana qaytadan hech qachon ko‘rmasin

85. yodiga kelmoq: 1)xotirasida tiklandi 2)o‘yladi, idrok qildi

86. yulduzi yulduziga to‘g‘ri kelmoq: bir– biriga mos bo‘ldi

87. yuqori keldi: pisand qilmadi

88. zahri kelmoq: Achchig‘i kelmoq, jahli chiqmoq

89. zarar keltirmoq: zararli bo‘lib chiqdi

90. zavqini keltirmoq: Kayfiyatini yaxshilamoq, ruhini ko‘tarmoq

1. Adoq – bel – bosh
Ma’nosiga ko‘ra
(joylashish o‘rnining yuqoriligiga ko‘ra)

2. Aytishmoq – koyishmoq – janjallashmoq – yoqalashmoq – do‘pposlashmoq – yoqa vayron bo‘lishmoq – qoniga belanishmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining kuchiga ko‘ra)

3. Baxtli – baxtiyor – saodatli – toleli – mas’ud
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishidagi oz-ko‘plik darajasiga ko‘ra)

4. El – ulus – elat – xalq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

5. El – ulus – elat – xalq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng-tor ifodalashiga ko‘ra)

6. Epkin – nasim -yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligining kuchiga ko‘ra)

7. Epkin – nasim yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligiga ko‘ra)

8. Jilmoq -qo‘zg‘almoq -o‘rmalamoq – yurmoq – yugurmoq – chopmoq – yelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakat tezligining oshib borishiga ko‘ra)

9. Jinni – telba – devona
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

10. Kelishgan – xushbichim – xushqomat – bejirim – ketvorgan – lobar – tamtam
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ijobiylik belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

11. O‘tgan zamon – hozirgi zamon – kelasi zamon
Ma’nosiga ko‘ra
(paytga nisbatan oldin-keyinligiga ko‘ra)

12. O‘ylamoq – fikrlamoq – xulosaga kelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(tafakkur natijasiga ko‘ra)

13. Qarama-qarshilik – zidlik – nizo – kelishmovchilik – ixtilof – nifoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

14. Qizaloq – qiz – kelin – ayol – juvon – kampir
Ma’nosiga ko‘ra
(yoshining katta-kichikligiga ko‘ra)

15. Qo‘zg‘almoq – yurmoq – yugurmoq – chopmoq -yelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakat sur’atiga ko‘ra)

16. Qomat – qad(d) – qad-qomat – bast – bo‘y-bast – duxt – kelbat – soxt – sumbat – soxt-sumbat – andom – bichim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra )

17. Sham – chiroq – elektr – toki – quyosh
Ma’nosiga ko‘ra
(yorug‘lik miqdorinng oz-ko‘pligiga ko‘ra)

18. Xalq – xaloyiq – el – ulus – mardum
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

19. Xira – shilqim – yelim – sulloh – g‘amboda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchli-kuchsizligiga ko‘ra)

20. Yanvar – fevral – mart – aprel – may- iyun – iyul – avgust – Sentyabr – oktyabr – noyabr – dekabr
Ma’nosiga ko‘ra
(ketma-ket joylashuviga ko‘ra)

21. Yarashmoq – murosaga kelmoq – sulh tuzmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

22. Yomg‘ir – jala – sel
Ma’nosiga ko‘ra
(yog‘in shiddatiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.