Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ust}
So‘z bo‘g‘inlari: ust
Izoh(lar)i:
ust ot

1. 1. Narsalarning yuqori tomoni; tepa; zid. past. Usti ochiq aravaga yuklar ortildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Yassi qora stollarning yon-veri odamga, usti esa uyum-uyum kitobga to‘la. P. Qodirov, Uch ildiz
Erining yordamida xontaxta ustini shirinliklardan bo‘shatdi. S. Anorboyev, Oqsoy
Do‘konxona burchagida usti yeyilgan, tekis kosib to‘nkasi Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Ichga qarama-qarshi tomon; sirt. Paltoning usti. Idishning usti. [Gulsumbibi] Usti ko‘k sirli katta chelakni olib, sigir soqqani og‘ilxona tomon ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Sidiqjon etikni chiroqqa solib, ustini, ichini ko‘rdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Saodatxon ustiga hech narsa yozilmagan, yelimlangan konvertni portfeliga solib qo‘ydi. S. Zunnunova, Yangi direktor

3. 3. Ko‘chma Kiyim, kiyimlar majmui; ust-bosh. Usti yupun, qorni och, ozg‘in bola uning o‘zi emasdek tuyuldi. P. Tursun, O‘qituvchi
Shu ham bahonami? Usting but, qorning to‘q. Qordan qo‘rqasanmi?! E. Raimov, Ajab qishloq

4. ko‘chma hma Zimma, mas’uliyat. Hokim tekshirib, hech bir natija chiqara olmagandan keyin, aybni karvonsaroy qorovuli ustiga qo‘yadi. Sh. Zunnun, Hiylakor o‘g‘ri
Bu yo‘lda qancha zarba bo‘lsa, ustimga olishga hozirman. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

5. 5. 3-shaxs egalik va jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklari affikslari bilan (ustiga, ustida, ustidan) ko‘makchi vazifasida makon, payt, obyekt kabi munosabatlarni ifodalaydi. Me’mor aravadan tushib, bir muddat bo‘lsa ham maysa ustiga yonboshladi. Mirmuhsin, Me’mor
Qo‘rg‘onbegi ot ustida qo‘rg‘onning u boshidan bu boshiga chopardi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Choy ustida eri ruhiyasini kuzatadi, uning nechundir kayfi buzuq Mirmuhsin, Topilgan husn
Pastda qamishzor botqoqlik va uning ustidan o‘tgan uzun yog‘och ko‘prik bor edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Domla ikki shisha pivoning ustidan yuz gramm aroqni bitta otib, o‘rnidan turdi. A. Qahhor, To‘yda aza

Antonim(lar)i: ich , tag , ost
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Mustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zatash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlar. Bunday so‘zlar mustaqil so‘roq qabul qilib gapda turli gap bo‘lagi vazifasida kela oladi. Fe’l, ot, sifat, son, ravish turkumiga mansub so‘zlar mustaqil atash ma’nosiga ega bo‘ladi.

 

Nutqimizda ishlatiladigan barcha so‘zlar mustaqil lug‘aviy ma’no anglatmaydi. Atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘z mustaqil lug‘aviy ma’noli, atash ma’nosiga ega bo‘lmaydigan so‘zlar nomustaqil ma’noli so‘z deyiladi. Mustaqil so‘zdan olmosh, alohida olingan so‘zdan undov, modal va taqlid atash ma’nosiga ega emasligi bilan xarakterlanadi.

Taniqli tilshunos, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zFA akademigi A.Rustamov1931 yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. U o‘zbek tili tarixi, tilning badiiy-estetik vazifasi, tilshunoslikning umumiy masalalarini hal qilishda barakali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, «Navoiyning badiiy mahorati» (1979), «Qofiya nima?» (1975), «Mahmud Zamaxshariy» (1971), akademik G‘.Abdurahmonov bilan hamkorlikda yozgan «Alisher Navoiy asarlarining grammatik xususiyatlari» asarlari alohida ahamiyatga ega.

Akademik A.Rustamov oliy o‘quv yurtlarida filologiya ta’limini yuksaltirish sohasida tinimsiz mehnat qilmoqda. Jumladan, G‘.Abdurahmonov bilan hamkorlikda yozgan «Qadimgi turkiy til» (1982) o‘quv qo‘llanmasi qadimgi turkiy manbalarni o‘qish va ularni tahlil etish bo‘yicha talabalarning doimiy hamrohiga aylanib qoldi.

1. achchig‘ ustida: -

2. achchig‘i burnining ustida: bekorga, sal narsaga jahli qistayveradigan odam haqida

3. alanga ustiga kerosin quymoq: -

4. alanga ustiga moy quymoq: -

5. arqonini ustiga tashlab qo‘ymoq: -

6. arqonni ustiga tashlab qo‘ymoq: -

7. asabi mustahkam: -

8. bir tiyin ustida ming yumalamoq: -

9. bosh ustiga: -

10. boshim ustiga: -

11. boshimizning ustiga: -

12. buning ustiga: -

13. dard ustiga chipqon bo‘lmoq: -

14. dard ustiga dard: -

15. dardi ustiga chipqon bo‘lmoq: -

16. dardsh ustiga chipqon bo‘lmoq: -

17. diyda ustida saqlamoq: -

18. diyda ustiga: -

19. diydasi ustida saqlamoq: -

20. dod ustiga dod solmoq: -

21. dunyoga ustun bo‘lmaslik: -

22. dunyoni ostin-ustun qilmoq: -

23. dunyoni ost-ust qilmoq: -

24. eti borib ustuxoniga yopishgan: -

25. eti ustuxoniga yopishgan: -

26. ipi ustiga tashlangan: -

27. jahl ustida: -

28. jarohati ustuna tuz qo‘ymoq: -

29. ko‘ngil sust ketmoq: -

30. ko‘ngli sust ketmoq: -

31. ko‘zim ustiga: -

32. ko‘zum ustunda yeri bor: -

33. nur ustiga a’lo nur: -

34. o‘lganning ustiga chiqib tepmoq: -

35. o‘lganning ustiga ko‘mmoq: -

36. o‘lganning ustiga tepdi: bir ko‘ngilsiz ish ustiga boshqa bir ko‘ngilsiz ishni qildi

37. o‘lganning ustiga tepmoq: -

38. osmon qo‘lda bo‘lsa, ustga tashlab yubormoq: -

39. osmon qo‘lida bo‘lsa, ustiga tashlab yubormoq: -

40. osmonga ustun bo‘lmaslik: -

41. osmonni ustga tashlab yubormoq: -

42. osmonni ustiga tashlab yubormoq: -

43. qil ustida: -

44. qil ustida turmoq: -

45. tata-tat, usta nadirmat: -

46. tikan ustida o‘tirmoq: ayn. igna ustida o‘tirmoq q. igna

47. tuyaning ustida ham it qopadi: -

48. tuyaning ustida it qopadi: -

49. ustasi farang: -

50. ustga olmoq: -

51. usti yaltiroq bo‘lsa ham, ichi qaltiroq: -

52. usti yaltiroq bo‘lsa ham, ichi qaltiroq: -

53. usti yaltiroq, ichi qaltiroq: -

54. ustidan chiqdi: 1) biror narsa qilayotganida tepasiga borib qoldi 2)va’dani bajardi

55. ustidan chiqmoq: -

56. ustidan chiqmoq : -

57. ustiga oldi: biror ishni bajarishga mas’ul bo‘ldi

58. ustiga olmoq: -

59. ustun keldi: yengdi

60. ustun kelmoq: -

61. ustuxon bo‘lmoq: Nihoyatda ozib ketmoq, qoqsuyak bo‘lib qolmoq

62. ustuxoni qolgan: -

63. yara ustiga chipqon: Dard ustiga dard, qayg‘u-alam ustiga yana og‘irrog‘i.

64. yumshoq to‘shakdan issiq kul ustunda qolmoq: -

65. yuzi ustuna tushmoq: -

66. yuzining ustuna tushishi: -

1. Afzal – ortiq – ustun – yuqori – a’lo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Ayor – mug‘ombir – hiylagar – quv – ustamon – makkor – dog‘ush – mo‘ltoni – hilviri
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

3. Bo‘lmag‘ur – be’ma’ni – noma’qul – nodurust – tuban – jirkanch – rasvo – yaramas – razil – qabih
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kam-ortiqligiga ko‘ra )

4. Tuzuk – durust – yaxshi – ajoyib – ajib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

5. Yanvar – fevral – mart – aprel – may- iyun – iyul – avgust – Sentyabr – oktyabr – noyabr – dekabr
Ma’nosiga ko‘ra
(ketma-ket joylashuviga ko‘ra)

6. Yaxshi – durust – tuzuk – binoyi
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.