Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tag}
So‘z bo‘g‘inlari: tag
Izoh(lar)i:
tag

1. Narsaning ostki, pastki qismi, tubi. Qo‘g‘azordagi vodokachka tiklanadigan bo‘lsa, tagi bilan qo‘porib tashlaymiz. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. Biror holatda bo‘lgan, joylashgan narsaning ost tomoni, pastki tomon (yer, bo‘shliq yoki boshqa narsa). shalolasi kanalni teshib yuborishi yoki qirg‘oqlarni o‘pirib ketishi mumkin. S. Siyoyev, Yorug‘lik

3. Tik holatli narsalarning ost qismi atrofi, yon-beridagi yer sathi. Doim devor tagida turadigan stol ikki karavot o‘rtasiga olingan. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. Narsaning o‘z sirtiga qarama-qarshi bo‘lgan tomoni; ich. Domla yer ostidan paranji tagida jilpanglab turgan sho‘x ayaga bir boqdi-da, nikoh xutbasini boshlab yubordi. Mushtum

5. Narsaning o‘z sirtiga qarama-qarshi bo‘lgan tomoni; ich. Narsaning o‘z sirtiga qarama-qarshi bo‘lgan tomoni; ich. P. Qodirov, Uch ildiz

6. Yer, suv kabilarning ost, ich tomoni; ost, ich. Bilmadim, ko‘kka uchdimi, yer tagiga kirdimi Oybek, Tanlangan asarlar

7. Asli, zoti (ota-bobolari), kelib chiqishi. Tagimiz kambag‘al. Otamizning kasbi hammollik edi. P. Tursun, O‘qituvchi

8. Zamir; asos. Ahmad buning tagida bir gap borligini payqadi. Mirmuhsin, Me’mor

9. Oxir-oqibat, natija. Sabr tagi — sar(iq) oltin. Maqol

10. (3-shaxs egalik qo‘shimchasi bilan — tagi) Narsaning muayyan holati, miqdori (ko‘p yoki oz (kam) so‘zi bilan qo‘llanadi). Keyin birini ilitib, birini pishirib yeb, ikkisini cho‘ntagiga solib ketdi. Tagi ko‘p bo‘lsa ham koshki edi. Mushtum

Antonim(lar)i: uch , tepa , ust
Sinonim(lar)i: ost
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. etagi ochilmoq: siri ochilmoq, biror aybi, kamchiligi ma’lum bo‘lib qolmoq

2. etagini o‘pmoq: mute bo‘lmoq, aytganini qiladigan holda bo‘ysunmoq.

3. ko‘z tagidan: yashiriqcha, sezdirmay

4. ko‘z tagiga oldi: biror maqsad bilan ko‘zlab qo‘ydi

5. o‘rtaga oldi: tanbeh berish yoki ko‘ndirish maqsadida ko‘pchilik gapirdi

6. o‘rtaga soldi: 1)ko‘pchilik oldida ro‘kach qildi 2)munozarada xizmatidan foydalandi

7. o‘rtaga tashladi: fikrlashish maqsadida o‘z mulohazalarini boshqalarga aytdi

8. o‘rtaga tushdi: 1)ikki tarafni murosaga keltirish maqsadida biror janjalga aralashdi 2)jabrdiyda deb hisoblagan kishisini himoya qilib biror janjalli ishga arashdi

9. o‘zini tag‘ofilga solmoq: Ko‘rib ko‘rmaslikka, bilib bilmaslikka olmoq.

10. po‘stagini qoqdi: ayovsiz tanqid qildi

11. tagiga yetdi: mohiyatini, sababini oxirigacha aniqlab, anglab oldi

12. taxtaga olmoq: Siquv holatiga olmoq, iskanjaga olmoq

13. taxtaga tortmoq: Siquv holatiga olmoq, iskanjaga olmoq

14. yer tagida ilon qimirlasa biladi: nihoyatda ziyrak, sezgir

1. Azza-bazza – ataylab – atay – atayin – qasddan – jo‘rttaga
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.