Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {uq} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: uq-moq
Izoh(lar)i:
uq fl

1. 1. Mazmunini o‘zlashtirmoq, bilib yetmoq; anglamoq, tushunmoq. Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga. Maqol
Qassob boshini tez-tez irg‘ab, uqib olganini ishora qildi. P. Tursun, O‘qituvchi
[Qoidalarni] Rosa o‘qib, yodlab ol, Uqib, dilga joylab ol. Q. Muhammadiy

2. 2. Payqab olmoq, his qilmoq, sezmoq. Olimov boshqa bolalarning ham hayrat bilan boqqan ko‘zlarida shunday savolni uqqan edi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Qiz-juvonlarning ko‘zlaridan faqat qishloq odamlariga xos soddalik va teranlikni uqish mumkin. E. Usmonov, Yolqin

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tushunmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: o‘q Miltiqqa solib otiladigan snaryad.
Qomus: mavjud emas.

1. burnini suqmoq: 1) kirmoq 2) aralashmoq

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.