Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tur} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tur-moq
Izoh(lar)i:
tur fl

1. 1. Oyoq uzra tik vaziyatda bo‘lmoq. Oyoq uchida turmoq. Saf tortib turmoq. Ko‘cha boshida turgan yigit. Tiz cho‘kib yashagandan tik turib o‘lgan yaxshiroq. Maqol
[Yo‘lchi] Qo‘l qovushtirmadi, qandaydir xomushlik, beparvolik bilan jimgina turdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Kirsam, Qo‘qonga ketgan Qayum ponsad uch-to‘rt yigi-ti bilan qushbegining qarshisida turibdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Biror joy-makon, vaqt, holatda mavjud bo‘lmoq. Tokchada turgan soat. Ko‘cha chetida turgan mashina. Madrasa tomi qirrasida turib, pastdan paqirda arqon bilan suv tortib olayotgan yigit g‘isht tarashlab o‘tirgan keksa odamga o‘zga tilda bir nima dedi. Mirmuhsin, Me’mor
O‘q otish nuqtalarida qorovul pulemyotchilar turibdi T. Rustamov, Mangu jasorat
Bir hafta turgan bo‘lsak, har kuni oltmish xonadondan dasturxon chiqadi. O‘zbekiston qo‘riqlari
Biz katta ishlar, ulug‘ o‘zgarishlar arafasida turibmiz. Sh. Rashidov, Yangi yer haqida so‘z
Askarlarimiz dadil turib, dushmanga talafot yetkazar edilar. Gazetadan
Bizning gapimizni ikki qilmaysiz, nima xizmat bo‘lsa, belni bog‘lab shay turasiz. E. Raimov, Ajab qishloq
Inson qalbida ulug‘ va savobli ishlarni qilish istagi bormi, u tek turolmaydi. Gazetadan

3. 3. Biror joy-makonda istiqomat qilmoq, hayot kechirmoq; yashamoq. Mullajon amakim bozorga shunday yaqin Gulzorobod mahallasida turadilar. E. Raimov, Ajab qishloq
sakson uchga kirgan amakimiz borlar. Shaharda turadilar. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
Vaqqos otaning bu yil qishloqda ishi ko‘p bo‘lgani uchun Omil ham Nodirlarnikida turadigan bo‘ldi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina

4. 4. Umr ko‘rmoq, yashamoq; yashab ketmoq. Dunyo turguncha turing. Shu ayol bilan ikki yil turdi. To‘ng‘ich farzandi turmadi. [Qumri] Bolasi turmay-turmay, yakka-yolg‘iz arzandasi Tursunboyni, shamolni ham ravo ko‘rmay, avaylab boqib katta qildi. S. Ahmad, Ufq

5. 5. O‘zi birikib kelgan so‘z anglatgan joy, soha, vazifa va shu kabilarda ishlash, shunday ish-vazifani bajarish ma’nosini bildiradi. Mudofaada turmoq. Qorovul turmoq. Tishdan qaraganda eski, ko‘rimsiz, lekin katta, sermol do‘konda Mirzakarimboy bilan Salimboyvachcha turar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

6. 6. Kutgan holda bo‘lmoq, bo‘lishi, yuz berishi, kelishi umidida bo‘lmoq, shu maqsadda o‘zini tutmoq. Bir oz turaylik-chi, zora kelib qolsa. Shuncha turdik, yana sabr qilaylik-chi, ishimiz yurishib qolar.

7. 7. Ishlatilmay, sarflanmay, buzilmay, o‘z mavjud holatida bo‘lmoq; saqlanmoq. Yuborgan narsalaring hammasi turibdi. Qirqma qovun ko‘p turadi. Kartoshka, sabzi kabi mahsulotlar maxsus o‘ralarda yaxshi turadi.

8. 8. Navbatda, qatorda mavjud bo‘lmoq; bor bo‘lmoq. Chorvadorlarimiz oldida juda muhim vazifalar turibdi. Gazetadan
Bugungi kunda insoniyat oldida nihoyat muhim muammo turibdi, u ham bo‘lsa, Yer yuzida tinchlikni saqlab qolish. Gazetadan
Sizlarning oldingizda dehqonchiliklaringizni yo‘lga qo‘yib yuborish vazifasi turadi. Z. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi

9. 9. O‘zi birikib kelgan so‘z anglatgan daraja, mavqe, qiymat va shu kabilarga egalikni bildiradi. [Yormat] Hammasini tushuntirdi: ot, arava besh ming so‘m turadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Bizning jamiyatimizda inson nurdek pokiza, nondek aziz, u har qanday boylikdan yuqori turadi. Gazetadan

10. 10. Yotgan, o‘tirgan va shu kabilar holatdan gavdasini tik holatga olmoq, qaddini tiklamoq. U vannada qancha yotgani bilan dili ravshan tortmasligini bilib, o‘rnidan turdi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
Shiyponda o‘tirgan Nodir bobosini ko‘rib, shoshib o‘rnidan turdi-yu, ko‘ngli buzilib, salom berishniyam unutdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina

11. 11. Uyg‘onib, o‘rnidan qo‘zg‘almoq, o‘rnini tark etmoq. Me’mor barvaqt turib, uch shogirdi bilan birga tashqari hovlida nonushta qildi. Mirmuhsin, Me’mor
Er-talab bulbullarning xonishidan barvaqt turib, uzumzor, paxtazorlarni aylandik. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

12. ko‘chma chma Harakatga kelmoq, qo‘zg‘almoq, ko‘tarilmoq (shamol, chang-to‘zon va shu kabilar haqida). Keyin dovul turdi Mo‘ytanlar qocha boshladi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Shamol turdi, chinor yaproqlarining soyasi titray boshladi. Gazetadan

13. yord. fl. vzf. vzf. Ravishdoshning-(i)b,-a,-y qo‘shimchali shakllari bilan qo‘llanib, yetakchi fe’l bildirgan harakatning davomliligi, vaqtinchalik harakat ekani va boshqalar ma’nolarni bildiradi. Qatnab turmoq. So‘rab turmoq. Baqrayib turmoq. Ishlab turmoq. Eshik ochiq bo‘lgani uchun ichkaridan futbol kommentatorining uzuq-yuluq ovozi eshitilib turardi. F. Musajonov, Nozik masala
Sartaroshlik yomon kasb emas. Oppoq xalatlarni kiyib, atir-upalar hidi burqirab turgan ozoda xonada o‘tirasan. E. Raimov, Ajab qishloq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: nav [a], toifa [a], xil [a], yashamoq , ket
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: to‘r Har qanday materialdan katak-katak ko‘zli yoki bejamdor qilib to‘qilgan narsa; baliq, qush ovlash uchun ishlatiladigan buyum; tuzoq; yuqori joy.
Qomus: mavjud emas.

1. bo‘zarib turmoq: serrayib, qaqqayib turmoq; qimirlamay turmoq

2. taxt turmoq tek turmoq: chidab, bardosh berib turmoq; sabr qilmoq.

3. toy-toy turmoq: ayn. g‘oz-g‘oz turmoq q. g‘oz-g‘oz

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.