Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yasha} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ya-sha-moq
Izoh(lar)i:
yasha fl

1. 1. Ma’lum muddat umr ko‘rmoq; hayot kechirmoq; tirik yurmoq. Ko‘p yashagan bilmas, Ko‘pni ko‘rgan bilar. Maqol
Mallaxondan beri yashayman, bolam, ne-ne xonlarning, ne-ne beklarning otlarini ko‘rganman. Ne-ne otlar o‘z qo‘limdan ham o‘tgan. Oybek, Tanlangan asarlar
G‘ulomjon bu keksa dunyoda juda kam yashagan bo‘lsa ham, boshidan juda ko‘p uqubatlar kechirdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. 2. Biror yo‘sinda hayot kechirmoq, biror tarzda tirikchilik o‘tkazmoq; umrguzaronlik qilmoq. Azobda yashamoq. Yolg‘iz yashamoq. Ota-onasiz yashamoq. Rohatlanib yashamoq. Tutqunlikda yashamoq. Qul bo‘lib yashamoq. Tiz cho‘kib yashaguncha, tik turib o‘lgan yaxshi. Maqol
Masalan, tog‘lardagi ohular, o‘rmondagi to‘tilar, chamandagi bulbullar ham yolg‘iz emas, juft yashaydilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Sodiqlar o‘z ovqatlarini ham o‘tkazolmagan holda faqirlikda yashab, yil sayin menga oz-moz yerlaridan sotib, tiriklik qilar edilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. 3. Hayotini biror joyda o‘tkazmoq; biror joyda istiqomat qilmoq, turmoq. Shaharda yashamoq. Qishloqda yashamoq. Musofirchilikda yashamoq. Chet elda yashamoq. Mana hozir uch kundan beri bu yerda, opasining bog‘ida yashaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
Shu qishloqlarda, qo‘rg‘onchalarda odam yashaganligi, xursandchilik, to‘y-tomosha qilganligi uzoq o‘tmish to‘g‘risidagi ertakday tuyilar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
[Abdishukur] Bu yerda bir tatar savdogarning xizmatiga o‘tib, Qozonga ketdi. Qozonda uch yil yashadi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Biror kimsa bilan bir joyda birga (yaqini, qarindoshi, eri yoki xotini sifatida) istiqomat qilmoq. Men bilan yashaydigan kampir bozorchi xotin edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Biz ikkov yoshlikdan birga yashab kelamiz, oramizda maxfiy sirlarimiz yo‘q. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Mana, uch oyga yaqindir, Nurinisa o‘zi ko‘rmagan, bilmagan, hatto ismini to‘y arafasida kelinoyisidan eshitgan eri bilan yashaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

5. ko‘chma hma Mavjud bo‘lib turmoq, bor bo‘lmoq, saqlanmoq. Mangu yashar shuhratimiz-shonimiz. Bir necha yuz yillardan beri yashab, favqulodda zo‘rayib ketgan Xo‘ja Ma’oz mozorining chakalagi bu qorong‘ilikka bir manba kabi edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
G‘azab ichra o‘rtab insonni, Qirg‘og‘iga to‘kilgan qonni Yuvolmaydi! Yashaydi bu qon, Unutilmas bu kurash, qurbon. E. Rahim

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Tug‘ilmoq – yashamoq – o‘lmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(hayot davrining bosqichlariga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.