Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {to‘xtovsiz}
So‘z bo‘g‘inlari: to‘x-tov-siz
Izoh(lar)i:
to‘xtovsiz sf

1. 1. Uzluksiz holda; beto‘xtov. [Iskandarning] Qiziga ikki yildan beri, eshiklarining turmini buzadiganday, to‘xtovsiz sovchi keladi. O‘. Usmonov, Sirli sohil
To‘xtovsiz bo‘rab yog‘ib turgan qordan yer tobora oqarayotgan paytda, Elmurod qorong‘i uyda yopirilib qo‘nayotgan qor uchqunlarini tomosha qilar edi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. 2. Kechiktirib bo‘lmaydigan, beto‘xtov, oshig‘ich. To‘xtovsiz javob. To‘xtovsiz yetib keling. Buyruqni to‘xtovsiz bajaring. Agar qochmaganlarida, podsho ularni to‘xtovsiz o‘ldirib yuborar edi. Ertaklar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.