Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {uzluksiz}
So‘z bo‘g‘inlari: uz-luk-siz
Izoh(lar)i:
uzluksiz sf

1. Birin-ketin, ketma-ket, paydar-pay. Mashinalar uzluksiz o‘tib turibdi. ▬ Beton qorishmasi uzluksiz kelib turadi. O‘zbekiston qo‘riqlari
Granatalar uzluksiz uchdi. Oybek, Quyosh qoraymas

2. To‘xtamasdan, tinimsiz, izchil ravishda. Ikki sutka uzluksiz yomg‘ir yog‘di. ▬ Yo‘l bo‘ylab ketgan simyog‘ochlar esa uzluksiz guvullaydi. P. Tursun, O‘qituvchi
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uzluksiz yuksalish yo‘lidan bormoqda. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: to‘xtovsiz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.