1. Bir-biriga ulanib ketgan; uzluksiz, to‘xtovsiz.
Muttasil ish. Muttasil qatnov.
▬
Poyonsiz jazirama qum sahrosining naq o‘rtasidan oftobning muttasil jazillatib sanchayotgan nayzalariga bardosh berib birov boradi.
A. Hakimov, Ilon izidan
Uch kecha-kunduz muttasil yoqqan laylak qor kuni kecha bosildi.
S. Anorboyev, Oqsoy
[Amir Temur] Zamondosh hukmdorlar bilan elchilik aloqalarini yo‘lga qo‘yib, muttasil yozishmalar olib borgan.
Fan va turmush