Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bosim}
So‘z bo‘g‘inlari: bo-sim
Izoh(lar)i:
bosim ot

1. fiz. Biror jism yuza birligiga tik yo‘nalishda ta’sir qiladigan boshqa kuchni ifodalovchi fizik kattalik. Qon bosimi. Atmosfera bosimi. Bir million atmosfera bosimida temir hajmi, taqriban, 30 foizga kamayadi. Fan va turmush
Jahl chiqqanda, bosh miya mushaklarining tanobi tortiladi, qon tomirlari siqiladi, ichki qon bosimi oshib ketadi. Saodat

2. rvsh. Tin olmay, to‘xtamay, surunkasiga. Jamila qizi bilan olti kun bosim o‘tirib tikkan tagdo‘zi do‘ppilarini sotgani ketdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Rixsivoy aka hosilotlik vazifasidan olingach, uch kun bosim qishloqda ko‘rinmadi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
Uch kundan beri bosim chap ko‘zim uchar edi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
odamning suluvi bosim keladi. Balogardon

3. esk. ayn. Urg‘u. Kitobni esa, ruscha tez va bosimlarini joyiga qo‘yib o‘qiy bilgani uchun, Saidiy o‘qishi kerak edi. A. Qahhor, Sarob
Bundan tashqari, ba’zan so‘zdagi bosimning o‘rni atayin almashtirilib Adabiyot nazariyasi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: to‘xtovsiz

1. bosim I Ot
biror sathga, suyuqlikka, gazga bosish kuchi

2. bosim II Ravish
tin olmay, surunkasiga, uzluksiz (bosim ishladi)

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.