Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tig‘iz}
So‘z bo‘g‘inlari: ti-g‘iz
Izoh(lar)i:
tig‘iz sf

1. 1. Bir-biriga juda yaqin joylashgan; oralig‘i qisqa; zich, qalin. Tig‘iz daraxtlar. Zalda odam tig‘iz. Tig‘iz o‘tqazilgan ko‘chatlar. Endi ular ancha zich-tig‘iz qatorlar bilan ilgarilardi. Oybek, Quyosh qoraymas
Tutqun sasni topolmadim Tig‘iz o‘rmonlarda ham. M. Shayxzoda
Majnuntol barglari orasidan sirqib tushayotgan yomg‘ir tomchilari qizning payvasta qoshlariga, tig‘iz kipriklariga teggan. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

2. 2. Muayyan ish (ishlar) uchun vaqtning kamligi, qisqaligi; ziq. Kuzakdagi barakali xirmon shu tig‘iz kunlardagi ishning unumi va sifatiga bog‘liq. — Vaqt tig‘iz. Hali bilet ham olganim yo‘q,— dedi Mahmud. A. Ubaydullayev, Hayot oqimi
Agar mehmonning vaqti tig‘iz bo‘lsa, har bir uydan bir narsa olib chiqilib, dasturxonga qo‘yib chiqiladi. Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik

3. 3. Bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘p va u tez suratda, uzluksiz bajarilishi lozim bo‘lgan holat; shoshilinch, oshig‘ich, qistalang. Anhorda ikki objuvoz va ikki tegirmon ishlab turadi Shunga qaramay, ish tig‘iz. H. G‘ulom, Toshkentliklar
Dalada ishning tig‘iz vaqti o‘tgani uchun mardikorlarga bundan bir necha kun ilgari javob berilgan. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: hakkam-dukkam , siyrak
Sinonim(lar)i: qalin , shoshilinch , ziq [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.