Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qalin}
So‘z bo‘g‘inlari: qa-lin
Izoh(lar)i:
qalin [qa-lin ]

1. Ko‘ndalang o‘lchami katta (odatda yassi-yoyiq narsalar haqida). Qalin kitob. Qalin taxta. Qalin qog‘oz. Qalin namat. Po‘chog‘i qalin qovun.◆U daftarning qolgan yozuvlarini ham o‘qir ekan, qalin lablariga titroq kirdi. Mushtum

2. Bir necha qavatli yoki orasiga narsa solib ishlangan (asosan, kiyim, ko‘rpa va shu kabilar buyumlar haqida). Qalin ko‘rpa. Qalin to‘n. Qalin kiyinmoq.◆[Fosih afandi] Qalin ko‘rpacha ustida savol-javobga quloq solib o‘tirdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

3. Bir-biriga juda yaqin joylashgan; zich, tig‘iz. Qalin soch. Qalin maysa. Qalin o‘rmon.◆Quyosh sekin-asta ko‘tarilib, qalin shoxlar orasidan mo‘ralay boshladi. I. Raxim, Chin muhabbat qalin o‘t ustida o‘tirib, atrofni ko‘zdan kechirdi. A. Rahmat, Soqov bola.

4. Tutash holatli; quyuq. Ularning hovlisidan qoshiga qalin o‘sma qo‘ygan, qomati barvasta, chehrasi quvnoq ayol chiqib kelyap-ti. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

5. Ko‘p, mo‘l. Qalin qor.◆Bozor kuni bo‘lganidan, rastalarda odam qalin. Oybek, Tanlangan asarlar.

6. kam qo‘ll.Yo‘g‘on. Naridan keladi qalin bir ovoz. M. Shayxzoda.

7. ko‘chmaYaxshi va mustahkam aloqali; qadrdon, yaqin, jonajon. U mening qalin o‘rtog‘im.◆Nizomjonning eng qalin oshnasi Karimjon ham frontga ketdi. S. Ahmad, Ufq.

Antonim(lar)i: hakkam-dukkam , yupqa , siyrak
Sinonim(lar)i: inoq [mo‘g‘], tig‘iz , zich

1. qalin I Ot
kelin tomonga beriladigan mablag‘

2. qalin II Sifat
ko‘ndalang o‘lchami katta

Paronimi: qolin Yuzasiga pat chiqarib to‘qilgan gilam.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qalin – quyuq – zich
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: qalin
Izoh: Nikoh to‘yida kuyov tomondan kelin tomonga beriladigan, to‘lanadigan pul, mol va sh.k. Misol: U to‘y shart-u sharoitlari ustida, qalin ustida savdolashib o‘tirmay, fotihaga qo‘l ko‘tardi. Manba: (M.Ismoiliy, Farg‘ona t.o.)