Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {siyrak}
So‘z bo‘g‘inlari: siy-rak
Izoh(lar)i:
siyrak sf

1. Tuki kam, qalin, quyuq emas. Siyrak soqol. Siyrak soch. ▬ Mo‘min aka peshonasini tirishtirdi, siyrak baroq qoshlari bir-biriga tutashdi. O. Yoqubov, Bir felyeton qissasi
Isfandiyor pinagini buzmadi. Siyrak murti bir uchib qo‘ydi, xolos. S. Siyoyev, Avaz

2. Ko‘p emas, kam; onda-sonda. Choyxonada odam siyrak edi. S. Zunnunova, Yangi direktor
Bugun maydondagi archalar ko‘zimga avvalgidan siyrak, katta ko‘rinyapti. H. Nazir, So‘nmas chiroqlar
Bu oilada har kun shirin-shirin ovqatlar tayyorlanadi. Ammo mehmon siyrak bo‘ladi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Kuzi, teshiklari katta-katta. Siyrak to‘r. Siyrak elak kunda kerak, Paxta elak hayitda kerak. Maqol

4. Arqoq-o‘rishlarining oralari ochiq-ochiq qilib to‘qilgan. Siyrak doka.

5. Unchalik zich bo‘lmagan, siyraklashgan (gaz, havo va shu kabilar haqida). Siyrak bulut. ▬ Bu yer bo‘lsa dengiz sathidan ikki-uch ming metr baland, havo ancha siyrak. S. Anorboyev, Oqsoy

6. Kam uchraydigan, onda-sonda bo‘ladigan. Siyrak hodisa. ▬ O‘chadigan chiroq yonib o‘chadi, maqoli kabi Turkiston xonlarida siyrak ko‘rilgan bu ma’muriyatparvarlik bizga qolsa shu omillardan tug‘ilgan va bunda samimiy hech narsa yo‘q. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

Antonim(lar)i: qalin , tig‘iz , zich
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: ziyrak – [a] Hushyor, o‘ta sezgir.
Qomus: mavjud emas.

1. oyog‘i siyraklashmoq: -

2. oyoq siyraklashmoq: -

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.