1. Tezda bajarilishi lozim bo‘lgan; oshig‘ich.
Shoshilinch buyurtma. Shoshilinch majlis. Shoshilinch ish. Shoshilinch telegramma. Shoshilinch tibbiy yordam. Ishi juda ham shoshilinch emas.◆Men shoshilinch bir ish bilan Buxoroga ketyapman
Mirmuhsin, Me’mor
2. Shoshgan holda, shosha-pisha, shoshib-pishib.
G‘ayratchan Xalil aka hamma ishni ham shoshilinch qilardi.
F. Musajonov, Himmat
3. Shoshib turilgan payt.
Shoshilinchda kitobimni unutibman.