Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tepa}
So‘z bo‘g‘inlari: te-pa
Izoh(lar)i:
tepa sf

1. 1. Yer sathidan baland, do‘ng joy; tepalik, balandlik. Hademay o‘ng tomondagi tepalar, undan naridagi tik qoyalar ustida oftob porlaydi. Mirmuhsin, Me’mor
Suyun og‘a garang, dardli, och holda tepa ustiga chiqqach, yana boyagidek, orqa-oldiga qaradi. N. Fozilov, Diydor
Shu tepalar nishabida kamarlar bor. T. Murod, Ot kishnagan oqshom

2. 2. Umuman, biror joy, makonga nisbatan yuqoridagi joy, yer. Tepadan qaragan kishiga bu ariqcha ilon izidek egilib, bukilib, o‘zining o‘qida aylanayotganga o‘xshab ko‘rinar edi. I. Rahim, Chin muhabbat
Nigora u yoq-bu yoqqa qaradi: yuqorida Qashqatov, pastda qalin archazor, o‘ng va so‘lda tepa S. Anorboyev, Oqsoy

3. 3. Biror narsaning yuqori qismi, usti. Arizaning tepasiga imzo qo‘ymoq. Daraxtning tepasida bir qush o‘tiribdi. Qabr tepasini maysa qoplagan. Tashakkur, ustod! Agar eng baland minora tepasiga g‘isht qo‘ysin, desangiz ham biz rozi. Mirmuhsin, Me’mor

4. 4. Ko‘p miqdorda uyilgan narsalardan hosil bo‘lgan balandlik, do‘nglik. Go‘ng tepa. Kul tepa. Qum tepa. Bu tuproq tepa uch kishining qabri bo‘lib chiqdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Uch-to‘rt yuz inson boshidan turg‘izilgan bir tepa! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. 5. Kishi ustidagi bo‘shliq, osmon, falak; yuqori. Samolyot tik tepaga ko‘tarildi. Ku-yosh qoq tepaga keldi. Tepadan oftob urib turibdi. S. Ahmad, Tomosha
U o‘z ovozidan uyg‘onib ketib, ko‘zini ochganida, tepada oy suzar, hamma yoq jimjit Mirmuhsin, Me’mor

6. 6. Nisbatan yuqori qismda bo‘lgan, joylashgan; ustki. O‘roz tepadagi qoziqdan do‘mbirasini oldi Oybek, Tanlangan asarlar
[Tolning] Tepa shoxiga quruvchilar projektor o‘rnatishgan ekan, hozir atrofni sutday yoritib, ko‘zni qamashtiradi. O‘. Usmonov, Sirli sohil
Ustki qatordagi so‘yloq tishlaridan ikkitasi tepa labini yorib chiqqanini ko‘rgan kishi o‘qchib yuborardi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

7. arxeol. ol. Paxsadan ishlangan qadimiy inshootlarning xarobalari va ularni to‘ldirgan madaniy qatlamlardan hosil bo‘lgan do‘nglik.

8. 8. 3-shaxs egalik va jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari affikslari bilan ko‘makchi vazifasida qo‘llanadi va makon munosabatini ifodalaydi. Adolat uxlayotgan juvonning tepasiga bordi. I. Rahim, Chin muhabbat
Botirali Oyshabonuni bir qo‘li bilan chetga surdi-da, boyning tepasiga engashib, ko‘rpani ochdi. H. G‘ulom, Mash’al
O‘tgan kuni shu ikki yigitni qozon tepasida et olayotganlarida ko‘rgan edilar. Mirmuhsin, Me’mor
Keyin, piyolani butilkaga urib, tepasida parvona bo‘lib turgan xotiniga o‘shqira ketdi Mushtum
Tepamdan vag‘illab samolyot uchib o‘tdi. H. Nazir, Yonar daryo

Antonim(lar)i: tag , ost
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. tepa sochi tikka bo‘lib ketdi: bir lahzaning o‘zida nihoyatda g‘azablandi

1. Do‘ng – qir – adir – tepa – dovon -tog‘ – cho‘qqi
Ma’nosiga ko‘ra
(pastga nisbatan yuqorida joylashuviga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.