Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rost} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: rost-la-moq
Izoh(lar)i:
rost ot

1. sft. ft. To‘g‘ri, adil, tik. Bu kun siz aytgan o‘shal Ofarin emas, ustoz, Musibat ostida rost qomati duto ko‘rinur. S. Abdulla
To‘la, qaddini post tutgan holda, kallasini xiyol egib, erkakcha ta’zim qildi. M. Ismoiliy, Bizning roman

2. sft. ft. Haqiqatdan iborat bo‘lgan, haqiqatga asoslangan; to‘g‘ri, chin. Rost gap. Rost so‘z —haqqa qaror. Maqol
Yolg‘onchining rost so‘zi ham yolg‘on bo‘lur. Maqol
— Boyagi semiz odam aytgan gaplar rost ekan, — dedi ichida [Sharofat]. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Rost aytyapman, buni men bir necha bor sinab ko‘rganman. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

3. ot ot Haqiqat, haq. Rostga zavol yo‘q. Maqol
Mahkam birgina shu Akbarov va Toshev masalasidagi haqni nohaqdan, rostni yolg‘ondan ajratib, to‘g‘ri baholash uchun qancha kuch, vaqt, qunt, iroda kerakligini endi aniq ko‘z oldiga keltirdi. P. Qodirov, Uch ildiz
Yodgor shundoq bo‘lishini bilgandirki, rostini aytgandir. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. krsh. s. vzf. zf. To‘g‘ri. [Saodat:] Voy, nima deb aljiraysan? Avji o‘ynab-kuladigan chog‘ing-ku. Rost, ba’zi vaqtda dunyodan chiqib ketging keladi. Dunyo qursin, g‘am ko‘p. Oybek, Tanlangan asarlar

5. (R — katta) Shashmaqom tizimidagi beshinchi maqom nomi.

Antonim(lar)i: yolg‘on
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.