Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ochiq}
So‘z bo‘g‘inlari: o-chiq
Izoh(lar)i:
ochiq [o-chiq ]

1. Hech narsa bilan bekitilmagan, to‘silmagan. skandar esa qizil dasturxonni yana xazina ustiga yopdi-da, tokchadan soqol oladigan asboblarini olib, ochiq shiyponga chiqdi. M. Mansurov, Yombi

2. Ochiq darvoza. Ochiq deraza. Bekitilmagan, mahkamlanmagan, qulflanmagan.

3. Ochiq badan. Yalang‘och. Politsiya boshlig‘i pishiq o‘rilgan charm qamchin bilan Yo‘lchining ochiq ko‘kragini va bo‘ynini uzib oldi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. Berk emas, ochilgan holda. Eshik va darchalar ochiq bo‘lsa ham, uyda birov ko‘rinmadi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. Yorilgan, ochilgan. Mana bu ochiq pistalar ham o‘zimizning tog‘larniki! Sh. Xolmirzayev, T.Usmonov, So‘nmas o‘t

6. Ravshan; aniq; ayon; ko‘rinib, bilinib turadigan. Qorong‘i bo‘lsa ham, O‘zbek oyimning tusidagi shodlik belgilari ochiq ko‘rinib turar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

7. Ochiq gap. To‘g‘ri, haqiqiy.

8. Hech kimdan yashirilmagan. Dushmanligimni ochiq bildirib, qaytaga hayotimni xavf ostiga qoldirdim chamamda. Sharq yulduzi

9. Ko‘chma Hamma, xohlagan kishi qatnashsa bo‘laveradigan. Shu hafta ichi ochiq dars o‘tkazishni boshlaymiz. S. Zunnunova, Olov

10. Ochiq chit. Rangi tiniq, sho‘xchang.

11. Xushfe’l, yuragida kiri yo‘q; xushchaqchaq U [Ali] ichi kirsiz, serkulgi, ochiqqina bir yigit edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

12. Paranji tashlagan, ozodlikka chiqqan (xotin-qizlar haqida). Yig‘ilganlarning ko‘pchiligi xotin-qizlar bo‘lib, ular orasida ochiqlar ham, paranjililar ham bor edi. S. Zunnunova, Gulxan

Sinonim(lar)i: aniq [a], rost [f-t]

1. ochiq I Sifat
Hech narsa bilan bekitilmagan, yashirilmagan

2. ochiq II Fe’l
Ovqat yeyish zaruriyatini his qilmoq, ochqamoq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. chehrasi ochiq: xushtabiat, kayfiyati yaxshi

2. ko‘ngli ochiq: yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan

3. ko‘zi ochiq I: barhayot

4. ko‘zi ochiq II: yaxshini yomondan, foydani zarardan farqlashga qobiliyatli

5. ko‘zining ochiqligida: barhayotligida

6. ochiq chehra bilan: yaxshi kayfiyat bilan, xushtabiatlik bilan

7. ochiq chehrali: xushtabiat, kayfiyati yaxshi

8. ochiq ko‘ngil: samimiy, g‘ayirlikni bilmaydigan

9. ochiq qo‘l: saxiy

10. ochiq yuz bilan: yaxshi kayfiyat bilan, xushtabiatlik bilan

11. ochiq yuzli: xushtabiat, kayfiyati yaxshi

12. ora ochiq bo‘ldi: olish-berish muomalasini ro‘y-rost hal yetdi

13. oralari ochiq: bir-biriga qarzdor emas, bir-biriga malol keladigan hech nima o‘rtada yo‘q

14. qo‘li ochiq: saxiy

1. Aniq – ochiq – yaqqol – ravshan – yorqin – oydin – ayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kitobiylik belgisining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.