1. 1. Haqiqiy holatga mos; haqqoniy, rost.
Haqqin aytsam, ota-enam hozir bor. Erali va Sherali.
▬
Har zamon haq gap, to‘g‘ri degan tovushlar eshitilar, qarsak ko‘tarilar edi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Haq gapni gapirdingiz, amirzodam, juda haq! Ona rozi — xudo rozi!.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. 2. Haqiqiy holat; haqiqat.
Haq joyiga qaror topdi.
▬
Sho‘x, yerga ursa bulutga sakraydigan, haqqa bo‘yin egib, nohaqqa sakrab ketadigan Sarsenboyning or-nomusi zo‘r edi.
R. Fayziy, Hazrati inson
Gulzor-u vayrona, xanjar-u andava, haq-u nohaq yonma-yon turibdi.
Mirmuhsin, Me’mor
Haqiqat ertakka evrilur erta, Ertaga afsona haqqa do‘nadi.
Sharq yulduzi
3. 3. Shaxs bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llanib, haqiqatning shu so‘z bildirgan shaxs tomonida ekanini bildiradi.
Men ham, Sultonov ham haq bo‘lib chiqdi.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Mahkam Zikir bilan to‘qnashuvda o‘zining haq ekanligiga ishonchi komil.
P. Qodirov, Uch ildiz
Har kasbdagi odamlar xat yozishibdi-yu, aksariyati Sobirni haq, xotinini nohaq deb ko‘rsatishibdi.
R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
4. 4. Biror narsa, ish-harakat uchun qonuniy bo‘lgan, talabga, tartib-qoidaga to‘g‘ri keladigan asos, erk-imkoniyat; huquq.
Uning pensiya olishga haqi bor. Sizni aldashga hech kimning haqi yo‘q.
▬
Raisning g‘ururlanishga haqi bor. Paxta — o‘zbek xalqining milliy iftixori.
N. Safarov, Olovli izlar
Ahmad hali o‘zini Rahim akalar qatoriga qo‘shishga haqi yo‘q deb hisoblar, xiralik qilmay, o‘zini chetga olib yurardi.
F. Musajonov, Hikmat
Muzaffar zotlarga motam nojoiz, ularning haqqidir faqat iftixor.
A. Oripov, Yurtim shamoli
5. 5. Huquq, qonun va shu kabilar yuzasidan biror kimsa yoki narsaga tegishli hissa, to‘lanadigan yoki olinadigan narsa.
Elektr haqi. Kvartira haqi. Misha, bergan sutim haqi qutqar, o‘laman! Mushtum. Zavod G‘iyosiddin tilmochning nomiga o‘tgan, oqsoqolning unda endi qonuniy haqi yo‘q.
▬
Ko‘rinishidan shunday mo‘min, go‘yo buzoqning haqi bor, deb sigirning sutini ichmaydi.
P. Tursun, O‘qituvchi
6. 6. Ish, mehnat, xizmat evaziga olinadigan pul yoki boshqa narsa.
Xizmat haqi. Ish haqi.
▬
Akamni shuncha yil ishlatib, haqini bermadingiz.
Oybek, Tanlangan asarlar
Ochdan o‘lmaslik uchun ertadan kechgacha kir yuvib, haqiga bir kosa kepak olib, non qilib yegan.
P. Tursun, O‘qituvchi
Odamlarni ishlatib haq to‘lash, inshoot uchun g‘isht-u ganch, yog‘ochlarni keltirish uning zimmasida.
Mirmuhsin, Me’mor
7. din. in. Xudo, olloh, tangri, parvardigor (xudoning sifatlaridan biri).
Haq taolo.
▬
Borgin, emikdoshim, haqqa topshirdim!
Alpomish
Oh tortsam, to‘kilar ko‘zimning yoshi, Haq! deb chiqar g‘amli qulning tovushi.
Rustamxon
8. 8. (3-shaxs egalik shaklida — haqi, haqqi) Biror gap, fikrning o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z anglatgan shaxs, narsa va shu kabilarni o‘rtaga qo‘yib aytilayotgani ma’nosini bildiradi.
Qo‘ying! Xudo haqi, tegmang!
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Mana shu Qur’on haqi, yo‘ldan ozganlarni qatl qilish savobi azimdir.
H. Nosirova, Men o‘zbek qiziman
Muqaddas zamon haqqi, yoqa tutib aytaman: Qaniydi kuylayversang hamisha baxtni to‘lib.
A. Oripov, Yurtim shamoli
9. ko‘m. ʻm. (egalik va o‘rin-payt kelishigi shaklida — haqida) vzf. Qaratilganlik munosabatini bildiradi; to‘g‘risida, to‘g‘rida.
Paxta planining bajarilishi haqida ma’lumot. Ob-havo haqida ma’lumot. Majlisda sen haqingda yaxshi gaplar aytildi.
▬
Front gazetasida Hasanov haqida yozilgan bir xabar hamisha cho‘ntagimda.
T. Rustamov, Mangu jasorat