1. sft. ft. Haqiqatga zid, noto‘g‘ri; haqiqatda bo‘lmagan. Yolg‘on so‘z. Yolg‘on xabar. ▬ [Otabek] Ilgari o‘zining yolg‘on javoblaridan juda xavotirlanar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar — Qaysi noinsof topib keldi sizga bu yolg‘on gapni? — dedi Alim buva xunob bo‘lib. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. sft. ft. Haqiqiy emas, soxta, yasama; yolg‘ondakam. Yolg‘on yig‘i. Yolg‘on kulgi.
3. ot ot Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, noto‘g‘ri gap, narsa; uydirma. Shirin yolg‘ondan achchiq haqiqat yaxshi. Maqol Yov makrini yolg‘on yashirar. Maqol Hayot haqiqatini kuylasang, xalq uchun yozsang, tayoq yeysan; yolg‘onni yozsang, boshingni silaydilar. Oybek, Nur qidirib Yolg‘onni sal kishi ishonadigan qilib gapirish kerak, Safarali. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
1. yolg‘on tong: ayn. subhi kozib q. subh.
1. Bekorchi – bo‘lmag‘ur – yolg‘on Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)