Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qur}
So‘z bo‘g‘inlari: qur I-I
Izoh(lar)i:
qur fl

1. 1. Qurilma, qurilish insho-oti bunyod etmoq, yasamoq. Uy qurmoq. Qasr qurmoq. Shiypon qurmoq. To‘g‘on qurmoq. Kanal qurmoq. Saroy qurib, shahar buzma. Maqol
Yoru do‘stlar bilan hasharlashib, binoyiday maskan qurib oldim. M. M. Do‘st, Lolazor

2. 2. O‘rnatmoq. Tandir qurmoq. Uyga eshik qurmoq. Sattorqul akang uyini yangi turmush qildi; oqlatdi, darchaning o‘rniga deraza qurdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Bir yerdan o‘choq qilib, oshpalov qilmoqchi bo‘lib, qozonni qurdi. Nurali

3. 3. Tashkil etmoq, barpo qilmoq, tuzmoq. Yangi davlat qurmoq. Yangi jamiyat qurmoq.

4. 4. Tashkillashtirmoq. Shirin suhbat qurib qaymoqlashaylik Habibiy
Har qalay, Jo‘ravoy bilan gurung qurib, tong ottiray dedi-ku. S. Ahmad, Yulduz
Zeriksangiz, shohona ziyofatlar quring, bazmlar yasang, ixtiyor sizda. Oybek, Ulug‘ yo‘l
Badiuzzamon beklarini, ishbilarmon yigitlarini yig‘ib, jangga hozirlanish to‘g‘risida kengash qurdi. Oybek, Navoiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: qo‘r Cho‘g‘ aralash issiq kul; cho‘g‘; zaxira, boylik.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.