Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {davra}
So‘z bo‘g‘inlari: dav-ra
Izoh(lar)i:
davra [dav-ra ]

1. Doira shaklida tuzilgan saf yoki doira yasab, qurshov olib o‘tirgan kishilar yoki qo‘r tashlab o‘tirgan odamlar. Yaxshi yigit — davraning boshi. Maqol

2. Shunday qurshovning o‘rtasidagi bo‘sh joy. Juvon davrani uch aylanganidan keyin, o‘zi singari kiyingan bir yigitni tortadi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. Ma’lum xususiyatiga ko‘ra uyushgan odamlar to‘pi, guruhi, to‘dasi; yig‘in. Men qishloqlik bir bola emasmanmi, bunaqangi katta olimlar davrasida birinchi bo‘lishim edi, andak o‘ng‘aysizlana boshladim. X. To‘xtaboyev

4. O‘yin, musobaqa, turnir va shu kabilarning bir quri; bir qur o‘yin, tur. Shaxmatchilar o‘rtasidagi musobaqaning birinchi davrasida birinchi o‘yin ham tugadi. Gazetadan

5. Ko‘p bosqichli saylov tizimida saylovning bir bosqichi.

6. to‘qm. Tanda qo‘yadigan aylanuvchi dastgoh.

7. din. etn. Marhumning gunohlarini yuvish uchun, janozadan ilgari to‘planib o‘tkaziladigan marosim (bunda sadaqaga ajratilgan narsa marhumning yoshiga muvofiq qo‘ldan qo‘lga o‘tkazib aylantiriladi).

8. Badiiy miskarlikda barkash va laganlar ustiga tushiriladigan, ma’lum tartibga ega bo‘lgan doira shaklidagi naqshlardan biri.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qur II
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. davra olmoq: doira shaklida tizilmoq; qurshov olib o‘tirmoq

2. davra qurmoq: doira shaklida tizilmoq; qurshov olib o‘tirmoq

3. davra yasamoq: doira shaklida tizilmoq; qurshov olib o‘tirmoq

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.