Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {maydon}
So‘z bo‘g‘inlari: may-don
Izoh(lar)i:
maydon ot

1. 1. Hovli-joyga yaqin ochiq yer, sayhon yoki bog‘cha; tomorqa. Maydon ikki tanob kenglikda bo‘lib, janubi qutidor va qo‘shnisining imoratlari orqasidan va boshqa uch jihati ham shunga o‘xshash binolardan iborat edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Umuman, ochiq yer, sayhon yoki ekinzor. Paxta maydoni. Ekin maydoni. Ilg‘or xo‘jaliklarning chigit ekilgan maydonlari yashil libosga burkandi. Gazetadan

3. 3. Biror ish-harakat, tadbir uchun mo‘ljallangan yoki shunday ish-harakat yuz beradigan, bajariladigan joy. Sport maydoni. Mashq maydoni. Kurash maydoni. Jang maydoni. Mard maydonda bilinar. Maqol
Amir yengildi, askarlari buzilib, urush maydonidan qochdilar. S. Ayniy, Qullar
Ayniqsa, uloq bo‘layotgan maydonda tumonat odam. K. Yashin, Hamza

4. ko‘chma hma Jabha, soha, doira. Ish maydoni. Mafkura maydoni. Men qirq yildan buyon adabiyot maydonida qalam tebratib kelyapman. Oybek, Xalqqa xizmat — baxt

5. fiz. iz. Biror fizik hodisa ro‘y beradigan yoki uning ta’siri seziladigan fazo. Elektr maydoni. Magnit maydoni.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qur II
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. maydonga kelmoq: yuzaga kelmoq, paydo bo‘lmoq, tug‘ilmoq

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.