Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qobiliyatli}
So‘z bo‘g‘inlari: qo-bi-li-yat-li
Izoh(lar)i:
qobiliyatli sf

1. Biror ishga qobil, yaroqli bo‘lgan, biror ish qo‘lidan keladigan; layoqatli. Ishga qobiliyatli qariyalar. ▬ Bosh muharrir, Rahim akaning qobiliyatli xodim ekanligini nazarda tutib, ba’zi erkaliklarini ko‘tarardi. F. Musajonov, Himmat

2. Iste’dodli, talantli. Qobiliyatli shogird. ▬ Qobiliyatli bolaning ovozasi kun sayin kengroq yoyila boshlaydi. T. Obidov, Yusufjon qiziq

Antonim(lar)i: layoqatsiz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.