Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {iste’dodli}
So‘z bo‘g‘inlari: is-te’-dod-li
Izoh(lar)i:
iste’dodli sf

1. Iste’dodga ega bo‘lgan; qobiliyatli, layoqatli. Bizningcha, iste’dodli bola deganda, noyob intellektual salohiyatga ega bo‘lgan hamda jamiyat taraqqiyotini belgilovchi, ijtimoiy qimmati zo‘r bilimlarni mukammal egallashga qobil o‘quvchini tushunishimiz lozim. Tafakkur
Bobur endi o‘n to‘qqizga kirgan yosh yigit bo‘lsa ham, nihoyatda iste’dodli, nihoyatda dovyurak sarkarda ekanini Shayboniyxon amalda ko‘rdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qobiliyatli
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.