Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yaroqli}
So‘z bo‘g‘inlari: ya-roq-li
Izoh(lar)i:
yaroqli sf

1. 1. Muayyan talablarga javob beradigan, biror narsaga yoki biror maqsadda ishlatsa bo‘ladigan; yaraydigan. Ekishga yaroqli yer. Ichishga yaroqli suv. Yaroqli asbob-uskunalarimiz bor. Tekshiruv natijasi tuproqning damba uchun yaroqli ekanini ko‘rsatib turibdi-yu, lekin u bari bir laboratoriya xulosasi emas-da. J. Abdullaxonov, To‘fon

2. 2. Biror ishni qilish qo‘lidan keladigan, bajara oladigan, bajarishga yaraydigan; layoqatli. Ishga yaroqli kishilar. Bibinurgina bu yerdagi o‘zga mehmonlar orasida tarjimonlikka yaroqli edi. Oybek, Ulug‘ yo‘l
Yaqinda uni [Erkinni] harbiy komissarlik chaqirib, komissiyadan o‘tkazibdi, vrachlar uni xizmatga yaroqli topishibdi. H. G‘ulom, Toshkentliklar

Antonim(lar)i: yaroqsiz
Sinonim(lar)i: layoqatli , qobiliyatli
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: yarog‘li Qurollangan, qo‘lida quroli bor.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.