Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qo‘rqinchli}
So‘z bo‘g‘inlari: qo‘r-qinch-li
Izoh(lar)i:
qo‘rqinchli sf

1. 1. Kishini qo‘rquvga, vahimaga, dahshatga soladigan, dahshatli, vahimali. Qo‘rqinchli tush. Qo‘rqinchli manzara. Uning rangi oqarib, vajohati qo‘rqinchli tus olgan edi. M. Hazratqulov, Jur’at
Odamlarning uningsiz ham xarob egni-boshlari to‘kildi, afsonalardagi ya’juj-ma’juj kabi qo‘rqinchli tus oldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. 2. Kishini xavotirlikka soladigan, bezovta, xavotir qiladigan; xavfli, xatarli. Qo‘rqinchli kasallik. Uzun va issiq yoz kunida podshohni saharliksiz qoldirish begimlar uchun o‘zlari och-nahor qolishlaridan qo‘rqinchliroq edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qo‘rqinchli – vahimali – dahshatli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

2. Xavfli – xavotirli – xatarli – qo‘rqinchli – tahlikali
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.