Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {dahshatli}
So‘z bo‘g‘inlari: dah-shat-li
Izoh(lar)i:
dahshatli [dah-shat-li ]

1. Qattiq qo‘rquv tug‘diruvchi, dahshatga soluvchi, o‘ta qo‘rqinchli, mudhish. Hammayoqda dahshatli zilzila izlari ko‘rinadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. Kishini vahimaga soluvchi, vahimali; qo‘rqinchli. Devonxona eshigida dahshatli shovqin, ur-yiqit boshlandi. Oybek, Navoiy

3. Qattiq azob beradigan, chidab bo‘lmaydigan. [Yo‘lchi] Butun vujudini zirqiratgan dahshatli og‘riqdan tishlarini mahkam qisdi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qo‘rqinchli
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qo‘rqinchli – vahimali – dahshatli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.