Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mudhish}
So‘z bo‘g‘inlari: mud-hish
Izoh(lar)i:
mudhish sf

1. kt. Kishini dahshatga soladigan, dahshatli, qo‘rqinchli. Mudhish xabar. Mudhish jinoyat. Mudhish manzara. ▬ Mozor chakalagining bir burchagida tutab yotgan to‘nka yonida sochlari o‘sib, soqoliga qo‘shilib ketgan bir devona bu mudhish qorong‘ilikka qarshi kurashgan kabi gulxanni yondirishga tirishar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
— Bu qanday falokat, qanday mudhish falokat, — dedi Ibn Sino yig‘lamoqdan beri bo‘lib. M. Osim, Ibn Sino qissasi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qo‘rqinchli
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.