Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {vahimali}
So‘z bo‘g‘inlari: va-hi-ma-li
Izoh(lar)i:
vahimali [va-hi-ma-li ]

1. Kishini vahimaga soladigan; qo‘rqinchli. Front Bektemirga dastlab uncha vahimali ko‘rinmadi. Oybek, Quyosh qoraymas

2. Salobatli, haybatli. Olis-olisdan vahimali ko‘ringan qoyalar asta qiyofalarini o‘zgartirib, chala-yarim qo‘rg‘onlarga o‘xshab qoldi. J. Abdullaxonov, Oriyat

3. Vahimani, qo‘rqinchni ifodalovchi, shundan darak beruvchi. Omil Nodirning bu vahimali gaplarga ham e’tibor bermaganligiga ajablanib turdi-da, amakning oldida turishini aytib, chiqib ketdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qo‘rqinchli
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qo‘rqinchli – vahimali – dahshatli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.