1. zid. id. Tuzilishi, bichimi kelishgan, bejirim, yig‘noq va qulay; qo‘pol.
Ixcham mashina,
▬
Uning ixcham ketmoni oftobda yaltirardi.
J. Sharipov, Saodat
Mirzakarimboy Supadan tushib, kechagina sotib olinganday yarqiragan, chiroyli, ixcham sodiqiy kavushni oyoqlariga ildi. Oybek,
Tanlangan asarlar
Olimxon har vaqt yaxshigina, ixchamgina kiyinadi. Oybek,
Tanlangan asarlar
2. 2. Siqiq ifodali.
Ixcham xat. Fikrni ixcham bayon qilmoq.
▬
Latifa, lof, askiya janrlari yangi voqelikni o‘ziga xos ixcham shaklda aks ettiradi.
UTA