1. Suv havzalari va oqar suvlar bilan quruqlik tutashgan kambar yer; lab, bo‘y, yoqa; sohil.
Daryo qirg‘og‘i. Ko‘l qirg‘og‘i. Dengiz qirg‘og‘i.Amu oqar qirg‘oqni yuvib, Kunlar o‘tar kunlarni quvib.
G‘ayratiy
2. Yoyiq narsalarning, yo‘l yoki maydonning cheti; zih, qir.
Adolat konvertni oldi-da, kichkinagina qaychisi bilan qirg‘og‘ini qiydi.
I. Rahim, Chin muhabbat.
3. Chuqur narsalarning yuqori chegarasi, cheti, yoqasi.
Haytovur, jahannamning qirg‘og‘iga chiqib oldik.
Oybek, Quyosh qoraymas.