Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bo‘y}
So‘z bo‘g‘inlari: bo‘y
Izoh(lar)i:
bo‘y ot

1. 1. Kishi qomatining balandligi; gavdaning boshdan-oyoq ko‘rinishi; bo‘y-bast, qomat. Bo‘yi baland odam. Bo‘yi past odam. Bo‘yingga qarab to‘n bich. Maqol
O‘ziga yeng bo‘lmagan o‘zgaga bo‘y bo‘lmas, Maqol
Tuyaday bo‘y berguncha, Ninaday aql bersin. Maqol
Gulnorning bo‘yi o‘sib, ko‘kragi to‘lishib, butun gavdasi qizlik latofati bilan yashnagan chog‘da, boyvachcha uni ko‘z tagiga olib qo‘ygan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Uyingning ortidan o‘tlar teraman, Bo‘yingni bo‘yimga tenglab ko‘raman. Qo‘shiqlar
Kampir ko‘chaga chiqqanida, ko‘cha eshigidan baland bo‘yli, qosh-ko‘zlari qop-qora o‘g‘li Qodir ko‘rindi. Saodat

2. 2. Yuqoriga cho‘zilgan qo‘l balandligi. Tokchaga bo‘yim yetmayapti. Devor o‘lguday baland-da, bo‘yi yetmadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. 3. Tik turgan narsalarning balandligi. Minoraning bo‘yi. Bo‘yi uzun terak. Rayondagi maktab binolari bilan bo‘y o‘lchashadigan maktab binosi soldik. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. 4. Ba’zi narsalarning (uy, yer, maydon va boshqalar) uzun tomoni. Bo‘yi olti metr, eni to‘rt metr uy. Ungur eniga bir quloch, bo‘yiga bir yarim quloch qilib qazilayotgan bo‘lsa ham aytishga oson, qazishga qiyin katta ungur edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

5. 5. Quruqlikning ariq, daryo, dengiz kabilarga tutash joyi; qirg‘oq, sohil. Daryo bo‘yi. Suv bo‘yi. Hovuz bo‘yi. Elmurod bilan Abdurasul yo‘l bo‘yidagi tepalikka chiqdilar. P. Tursun, O‘qituvchi
Salomatligini sovurayotgan odam ariq bo‘yida suv qadrini bilmay o‘tirgan kishiga o‘xshaydi. Gazetadan
Rixsi xola nafasini rostlash uchun ariq bo‘yiga cho‘nqaydi. S. Zunnunova, Olov
Hovuzning bo‘yida tomingiz bormi, Xastaday turibsiz, holingiz bormi? Qo‘shiqlar

6. ko‘m. ʻm. (3-shaxs egalik affiksi bilan) Davomida; mobaynida. Kun bo‘yi. Yil bo‘yi. Ayol tun bo‘yi azob chekib, tongotarga yaqin ko‘zi yoridi. P. Tursun, O‘qituvchi
Kecha ko‘ylakchan chiqib, kun bo‘yi sovuq yedim. Gazetadan
Biram shirin, asrlar bo‘yi hayot suvini va dehqon qo‘lini kutib yotgan dashtdagina shunday qovun bitadi. Y. Shamsharov, Toshqin

7. Hid, is. Anvar qizning yuzidan o‘pdi va uning to‘zg‘igan sochlarini to‘g‘rilab, hayotbaxsh kokillarining muattar bo‘yini hidladi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Lolalar yashil maysazor uzra bo‘y taratib, bosh egadi. Y. Shamsharov, Toshqin
Suv sepilgan ko‘chalarda rayhon bo‘ylari bilan qorishib, tuproq hidi anqidi. Saodat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: hid , qirg‘oq

1. bo‘y I Ot
hid

2. bo‘y II Ot
uzunlik o‘lchami; qomat

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. bo‘yi yetdi: oila qurish yoshiga yetdi

2. bo‘yin egdi: itoat qildi

3. bo‘yni yor bermadi: izzat-nafsi yo‘l qo‘ymadi

4. bo‘ynidan soqit qildi: o‘zini javobgarlikdan xoli qildi

5. bo‘yniga arqon solmoq: bajbur qilmoq

6. bo‘yniga oldi: e’tirof qildi, biror holatga rozi bo‘ldi

7. bo‘yniga osilmoq: birovga xiralik qilib yopishib olmoq.

8. bo‘yniga qo‘ydi: 1) to‘nkadi, ayb ag‘dardi 2) bajarishga rozi qildi

9. bo‘yniga tushdi: zimmasiga yuklandi

10. bo‘ynini xam qildi: itoatli bo‘ldi

11. ko‘z bo‘yadi: aldadi, laqillatdi

12. ko‘zini bo‘yadi: aldadi, laqillatdi

13. to‘ng bo‘yin: Bo‘yin bermaydigan, bo‘yin egmaydigan, o‘jar

14. umr bo‘yi..: ain. bir umr

1. is – hid – bo‘y
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiqligiga ko‘ra)

2. Pakana – o‘rta bo‘y – novcha – daroz
Ma’nosiga ko‘ra
( katta-kichikligiga ko‘ra)

3. Qomat – qad(d) – qad-qomat – bast – bo‘y-bast – duxt – kelbat – soxt – sumbat – soxt-sumbat – andom – bichim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra )

4. Sassiq – badbo‘y – qulansa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

5. Yomon – badbo‘y – sassiq – qulansa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yoqining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.