1. Ikki qo‘llab: hech qanday e’tirozsiz va xursandlik bilan
2. ikki yamlab, bir yutmoq: chaynamay yutib yubormoq, yo‘q qilib yubormoq.
3. jonini hovuchlab: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda
4. kallasi g‘ovlab ketdi: o‘ylayverib gangidi
5. kavushini to‘g‘irlab qo‘ydi: haydab yubordi
6. labi labiga tegmaydi: juda tez va ko‘p gapiradi
7. labiga uchuq toshdi: qattiq qo‘rqish bilan cho‘chidi
8. labini tishladi: kutilmagan hodisaga duch kelib, nima deyishini bilmay qoldi
9. miyasi g‘ovlab ketdi: o‘ylayverib gangidi
10. o‘ylab-o‘yiga eta olmaydi: uzoq o‘ylab, aniq bir fikrga kela olmaydi
11. tirsakni tishlab bo‘lmas: Ko‘rinib turgan, ammo qo‘lga kiritib bo‘lmaydigan narsa yoki amalga oshmaydigan orzu
12. tishida tishlab: Nihoyatda ehtiyotlab
13. uxlab, tushida ko‘rmaslik: mutlaqo o‘ylamaslik, kutmaslik
14. yetti uxlab, tushiga kirmaydi: mutlaqo o‘ylamaydi, kutmaydi