Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chet}
So‘z bo‘g‘inlari: chet
Izoh(lar)i:
chet [chet ]

1. Biror narsaning markazidan uzoq atrof, joy; biror narsaning eng chekkasi; chekka, ovloq. — Mana aqcha, — Mirzo cho‘ntagidan tilla tangalar to‘ldirilgan xaltachani chiqarib, dasturxon chetiga qo‘ydi. Mirmuhsin, Me’mor

2. Biror ob’yektga nisbatan boshqa tomon, taraf; tashqari. Ra’no yuzini chetga o‘girib, kulib turar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

3. Qirg‘oq, sohil, yoqa, lab. Daryo chetidagi daraxtlar aksi suvda chayqaladi. Yoshlik

4. Begona, ajnabiy, xorijiy. O‘ninchi sinfda chet tili to‘garagining mashg‘uloti borardi. S. Zunnunova, Yangi direktor

5. Tashqari, sirt; chekka. Chetdan odam yollash. Chetdan tomosha qilib turmoq. -

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qirg‘oq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.