Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tosh}
So‘z bo‘g‘inlari: tosh
Izoh(lar)i:
tosh fl

1. 1. Qirg‘oqdan oshmoq, qirg‘oqdan oshib, atrofga yoyilmoq, atrofni bosmoq. Hovliga suv toshib ketibdi. Yer islohotidan keyin bir yil daryo toshib, ekinlarning yarmidan ko‘pi nobud bo‘ldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Hovli o‘rtasidagi vodoprovod jo‘mragidan suv sharillab oqib yotar, sement hovuzcha to‘lib chiqib, ariqcha chetidagi barq urib yotgan o‘smalarga toshib ketgandi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. O‘z qobig‘i, idish va shu kabilardan to‘lib, ortib, sirtga chiqmoq. Oliyaxon tashqari eshikdan hovliga kirishi bilan darhol qozon-da toshayotgan sutga ko‘zi tushdi. N. Safarov, Oliyaxon Sultonova
Olov chetiga qo‘yilgan qora qumg‘on shaqillab qaynab toshdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Vali aka yetilgan, u yer-bu yerda chanoqlardan toshib chiqib to‘kilgan oppoq paxtalarga shukronalik bilan qarab qoldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
tog‘oradan toshib chiqqan xamir singari tizzalariga oqib tushgan kattakon qorni M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. ko‘chma hma Jo‘sh urmoq, oshib ketmoq. G‘azabi toshdi. To‘lamat polvonning ko‘zlari chaqnab, g‘ayrati toshib ketdi. S. Anorboyev, Oqsoy
Sevinchim toshardi qalbimga to‘lib Yo. Mirzo

4. ko‘chma hma Tutaqishmoq, qizishmoq. Erimdan o‘qishga rozilik berishini iltimos qildim. O‘sha paytda Ergash akamning tepa sochi tik bo‘lib birpasda ko‘pirib toshdi-ketdi. B. Fayziyev, Oydin kechada

5. 5. Badanda paydo bo‘lmoq, yuzaga tepmoq, chiqmoq. Bolaning badaniga qizamiq toshibdi. Lablariga toshgan uchuq hali rostmana qaytmagan bo‘lsa-da, isitmasi pasaygan edi. R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa
Nariga tarafda o‘tirgan bir semiz kishining rangida qon qolmadi, oppoq oqarib, yuzlariga ter toshib ketdi. N. Fozilov, Diydor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qattiq

1. tosh I Ot
qattiq jins

2. tosh II Ot
Sakkiz chaqirimga teng masofauzunlikdagi masofa

3. tosh III Fe’l
suyuqlikning qirg‘oqdan chetga chiqishi

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. bag‘ri tosh: bemehr, iltifoti yo‘q

2. ichi toshdi: 1)biror narsani shoshib bajarish davomida ruhan hovliqib ketdi 2)sabri tugab, ruhan betoqat bo‘ldi

3. labiga uchuq toshdi: qattiq qo‘rqish bilan cho‘chidi

4. mehri tosh: bemehr, iltifoti yo‘q

5. oshib–toshib yotdi: ortiq darajada, benihoya ko‘p

6. otilgan tosh: yomonlik xatti-harakatlarini qildi

7. tosh bag‘ir: berahm

8. tosh ko‘ngil: rahm-shafqati yo‘q

9. tosh ko‘ngil: rahm-shafqati yo‘q

10. tosh otdi: yomon xatti-harakatlarini qildi

11. tosh yurak: rahm-shafqati yo‘q

12. yuragi tosh bo‘lmoq: rahm-shavqati yo‘q

13. yuragi toshmoq: kechinmalari ichiga sig‘may, kimgadir aytish aytish ehtiyoji tug‘ildi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.