1. Kungurador, yapaloq bargli, yog‘ochi qattiq daraxt. — Bilasizmi, — dedi u [Cho‘njar] ro‘parasidagi zarang daraxtining nurda tovlangan shapaloq barglariga mamnun tikilib, — to‘qqizinchi shaxtamizning o‘zida o‘ttiz millatning vakili ishlaydi. Y. Shamsharov, Qaxramonlik yo‘li
2. Shu daraxt yog‘ochidan yasalgan (idish, hassa, o‘q-yoy, egar va boshqalar). Korsonda qimiz keldi. Bek bir-ikki zarangni ichgandan keyin yaslanib, ko‘kka qarab yotib oldi. A. Qodiriy, Utgan kunlar
3. Zichlanib ketgan, qattiq, berch (yer haqida). Ulkan ekskavatorlar odam qadami tegmay yotgan yovvoyi zarang yerlar to‘shini tilka qilmoqda. H. Nazir, O‘tlar tutashganda.
1. zarang I Ot qattiq daraxt yog‘ochi
2. zarang II Sifat juda qotib ketgan