Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qalin} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: qa-lin-lash-moq
Izoh(lar)i:
qalin [qa-lin ]

1. Ko‘ndalang o‘lchami katta (odatda yassi-yoyiq narsalar haqida). Qalin kitob. Qalin taxta. Qalin qog‘oz. Qalin namat. Po‘chog‘i qalin qovun.◆U daftarning qolgan yozuvlarini ham o‘qir ekan, qalin lablariga titroq kirdi. Mushtum

2. Bir necha qavatli yoki orasiga narsa solib ishlangan (asosan, kiyim, ko‘rpa va shu kabilar buyumlar haqida). Qalin ko‘rpa. Qalin to‘n. Qalin kiyinmoq.◆[Fosih afandi] Qalin ko‘rpacha ustida savol-javobga quloq solib o‘tirdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

3. Bir-biriga juda yaqin joylashgan; zich, tig‘iz. Qalin soch. Qalin maysa. Qalin o‘rmon.◆Quyosh sekin-asta ko‘tarilib, qalin shoxlar orasidan mo‘ralay boshladi. I. Raxim, Chin muhabbat qalin o‘t ustida o‘tirib, atrofni ko‘zdan kechirdi. A. Rahmat, Soqov bola.

4. Tutash holatli; quyuq. Ularning hovlisidan qoshiga qalin o‘sma qo‘ygan, qomati barvasta, chehrasi quvnoq ayol chiqib kelyap-ti. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

5. Ko‘p, mo‘l. Qalin qor.◆Bozor kuni bo‘lganidan, rastalarda odam qalin. Oybek, Tanlangan asarlar.

6. kam qo‘ll.Yo‘g‘on. Naridan keladi qalin bir ovoz. M. Shayxzoda.

7. ko‘chmaYaxshi va mustahkam aloqali; qadrdon, yaqin, jonajon. U mening qalin o‘rtog‘im.◆Nizomjonning eng qalin oshnasi Karimjon ham frontga ketdi. S. Ahmad, Ufq.

Antonim(lar)i: hakkam-dukkam , yupqa , siyrak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: qolin Yuzasiga pat chiqarib to‘qilgan gilam.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.