Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yupqa}
So‘z bo‘g‘inlari: yup-qa
Izoh(lar)i:
yupqa [yup-qa ]

1. Qalin emas, ko‘ndalangiga ingichka; nozik. To‘lamat mo‘ylov yupqa las chopon ustidan qavat-qavat bog‘langan qiyiqchalarga qo‘lini tiradi. S. Anorboyev, Oqsoy

2. Zich yoki qalin emas, siyrak (tuman, tutun, bulut va shu kabilar haqida). Ufqdan ko‘tarilgan quyosh chang va tutun orasidan yupqa bulut bosgan to‘lin oyday ko‘rinar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz

3. otXamirni chalpakka o‘xshatib yoyib, ustiga yog‘da qovurilgan qiyma, sabzi solib, qozonda pishiriladigan taom; cho‘zma. O‘qishda toliqib qolmasin, deb doim somsami, uch-to‘rtta yupqami pishirib qo‘yaman. Oydin, Do‘ndiqdan ham yosh ekan

4. ko‘chmaFaqirona; boy bo‘lmagan, oz miqdorda. Mutrib dorifurush otasidan qolgan yupqagina meros bilan arang tirikchilik o‘tkazardi.S. Siyoyev, Avaz S. Siyoyev, Avaz

Antonim(lar)i: qalin
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. yupqa I Sifat
qalinning ziddi (yupqa qog‘oz)

2. yupqa II Ot
xamir ovqatning turi

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: yupqa
Izoh: Xamirni yupqa dumaloq qilib yoyib, ichiga yog‘da qiyma, piyoz va bazan sabzi solib, qozonda pishiriladigan taom. Misol: Yeb turgan yupqasi tomog‘iga tiqildi. Katta kosani qo‘liga oldida,

yupqa