1. 1. Gapirish, qichqirish, kuylash, sayrash paytida o‘pkadan chiqayotgan havoning urilishi bilan tovush paychalarining tebranishidan hosil bo‘ladigan tovush; sado, sas.
Baland ovoz. Past ovoz. Mayin ovoz. Musichalarning kukulashgan ovozi eshitilar edi.
▬
Anvar Muqaddamning ovozini eshitib, burilib qaradi-yu, uning vahimadan katta-katta ochilib turgan ko‘zlarini qorong‘ilikda aniq ko‘rdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Bu yerda ming turli qushlar ming turli ovoz bilan sayrab, anvoyi gylJShp ochilib, atrini sochib yotgan ekan.
S. Zunnunova, Olov
2. 2. Tovushning kuylashdagi past-balandlik, jarangdorlik darajasi.
Ovozi yaxshi ashulachi. Ovozi o‘tkir.
▬
Sharofning qon bosimi kuchayib, yurak urishi avjiga yetgan payt direktor hamdardona ovozda dedi: — Tushunaman, hammamiz ham yoshlikda o‘t-olov bo‘lganmiz, ko‘zimizga fil ham chumolicha ko‘ringan.
Yoshlik
3. 3. Vokal musiqa asarida har bir kuychi uchun belgilangan partiya.
Ikki ovoz uchun yozilgan romans.
4. 4. Narsalarning urilishi yoki harakatidan chiqadigan tovush.
Qarsak ovozi. To‘qmoq ovozi. Shamol ovozi. Momaqaldiroq ovozi. Soat ovozi. Dutor ovozi.
▬
Yigirma ol-tinchi ko‘pi tongotarda gumburlab chalina-yotgan karnay ovozidan uyg‘onib ketdim.
X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Uzoqdan har zamon to‘p ovozi eshitilar edi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
5. ko‘chma hma Fikr, mulohaza.
Sharq yozuvchilarining ovozi.
▬
— Sizga o‘xshash dallollarga hojat yo‘q. Siz xalq bo‘ronini to‘smoqchimisiz? Ovozini bo‘g‘moqchimisiz?
Oybek, Tanlangan asarlar
6. 6. Ichki his-tuyg‘ular nidosi, amri.
G‘ulomjon yuragida portlagan g‘azab uvvosiga emas, insof ovoziga quloq soldi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Lekin qamoq ham shoirning irodasini bukolmadi, ovozini so‘ndirolmadi.
Saodat
7. 7. Davlat va jamoatchilik tashkilotlarida saylov o‘tkazish yoki biror masalani hal qilishda saylovchilar yoki majlis ishtirokchilaridan har birining alohida fikri, o‘z fikrini bayon etish huquqi va usuli.
Hal qiluvchi ovoz. Maslahat ovozi.
▬
Rais har ikkala taklifni o‘rtaga tashlaganda, Xolmatjon sakkiz ovoz ortiq oldi.
S. Ahmad, Ufq