Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tovush}
So‘z bo‘g‘inlari: to-vush
Izoh(lar)i:
tovush [to-vush ]

1. Gapirish, kuylash, qichqirish, yig‘lash va shu kabilar vaqtida yuzaga keladigan va eshitish a’zolari qabul qilib oladigan hodisa; ovoz, sado, sas. Shamolli kun qichqir-ma, tovushing zoye ketadi. Maqol

2. Ma’lum sifatlarga ega bo‘lgan ovoz. Odamlar jonlandi. Ba’zilari chindan, ba’zilari esa hazil-mutoyiba bilan Oxunning tovushini maqtashdi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Mexanik tebranishlar natijasida yuzaga keladigan va quloq eshitadigan har qanday ovoz, sado. Oyoq tovushi. Tasir-tusur o‘q tovushi. Gudok tovushi. Karnay-surnay tovushi. Gazetadan

4. Shovqin; shovqin-suron. [Mamat Xolisxonga:]◆Tovush qilma, o‘lasan! Mana shu chu-qur sening uchun qazildi. Hamza, Paranji sirlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ovoz [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Tovush – keng ma’noda gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda to‘lqin sifatida tarqaladigan elastik muhit zarralarining tebranma harakati.

Tabiatdagi tovush uch xil:fizik, biologikvanutq tovushi. Fizik tovush jonli va jonsiz mavjudotning barchasiga xos, havoning siqilishidan hosil bo‘ladi. Biologik tovush jonli mavjudotga xos va tiriklik belgisidan biri. Hayvon va parrandaning ovozi, kishining gap hosil qilmaydigan tovushi: qiyqiriq, xurrak, kulgi, yig‘i ovozi. Nutq tovushi faqat insonga xos, uch xil xususiyati bor: 1) ijtimoiy tabiatga ega; 2) ma’no farqlaydi; 3) nutq hosil qiladi.

Nutq tovushi kishilik jamiyati bilan bog‘liq ravishda vujudga kelganligi va uning uchun xizmat qilganligi bois ijtimoiy tabiatga ega deyiladi. Ma’no farqlash xususiyati deganda bir tovush o‘rni boshqa tovushga berilsa, so‘z va qo‘shimcha ma’nosi farqlanishi, ya’ni boshqa so‘z va qo‘shimcha vujudga kelishi tushuniladi: bosh – besh – bo‘sh; ko‘r – so‘r – bo‘r; ko‘l – ko‘r – ko‘z; -chi – -ni – -gikabi. Bir tovushning ikki xil varianti bo‘lishi mumkin. Mas., maktab so‘zidagi a tovushi til oldi, qalam so‘zidagi birinchi a til orqa talaffuz etiladi. Lekin bundagi til oldi tovushini til orqa tovushi bilan almashtirsak, baribir o‘sha so‘z, ma’no qolaveradi. Demak, o‘zbek tilida ikkita – til oldi va til orqa a tovushi yo‘q, ular variant. So‘zdan tashqarida alohida olingan nutq tovushi fonema deyiladi.

Tovush nutq hosil qilishi lozim. Bir qarashda bir-ikki oylik chaqaloq a, b, d kabi tovushni talaffuz etgandek tuyuladi. Lekin u nutq, ya’ni so‘z, gap hosil qilishda ishtirok etmaganligi bois nutq tovushi emas, biologik tovush hisoblanadi.

Fonetika – tilshunoslikning nutq tovushi tizimi, uning tuzilishi, nutq jarayonida o‘zgarishi, almashishi, nutqiy holat bilan aloqador bo‘lgan bo‘g‘in va boshqalar haqida nazariy va amaliy ma’lumot beradigan sohasi. Nutq tovushlari, avvalo, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1) unli tovush, 2) undosh tovush (q. Unli tovush, Undosh tovush).

Undosh tovushundosh paydo bo‘lish o‘rni, tarkibi va boshqa sifati bilan unli tovushdan farqlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘lib, biror qarshilikka uchrab chiqadigan, uzoq cho‘zilish xususiyatiga ega bo‘lmagan, urg‘u qabul qilmaydigan tovush undosh deyiladi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undosh tovush 24 ta:b, d, f, g, h, j (dj – jo‘ja), j (jurnal), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng.

Sirg‘aluvchi j, labtish f tovushi boshqa tildan olingan so‘zdagina uchraydi: gijda, ajdar, foyda, kift, fabrikakabi.

Undosh tovushtasnifi. Undosh, asosan, to‘rt belgiga ko‘ra tasnif qilinadi:

I. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra. Bunda undosh tovusho‘pkadan chiqayotgan havo oqimi nutq a’zosining qaysisi yordamida hosil bo‘lishiga, og‘izning qaysi qismida to‘siqqa uchrashiga ko‘ra dastlab 3 ga bo‘linadi: 1. Lab undoshi(5 ta):b, p, v, f, m.U o‘z navbatida 2 ga bo‘linadi:a) lablab: b,v, p, m; b) labtish: (v), f.Labtish undoshi v boshqa tildan kirgan so‘zlarda uchraydi.2. Til undoshi (18 ta): t, d, l, n, s, z, sh, j (dj), r, ch, j, y, k, g, ng, q, g‘, x.Til undoshi til tanglayning qaysi qismiga urilishiga ko‘ra 3 ga bo‘linadi: 1)til oldi:t, d, l, n, s, z, sh, j (dj), r, ch, j;Til oldi undoshi pastki tish va tanglayning ishtirokiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi:a)tiltish undoshi 6 ta: t, d, l, n, s, z;b)tilmilk undoshi 5 ta: sh, j (dj), r, ch, j.2) til o‘rta 1 ta: y.Til o‘rta undoshi tilning o‘rta qismi tanglayga yaqinlashishi natijasida paydo bo‘ladi. 3) til orqa undoshi 6 ta: g, k, q, g‘, x, ng. Til orqa undoshi – tilning orqa qismi yumshoq tanglayga yaqinlashishi natijasida paydo bo‘ladi. Til orqa undoshi o‘z navbatida 2 ga bo‘linadi: a) yaqin (sayoz) til orqa: k, g, ng;b) chuqur til orqa: q, g‘. x.3. Bo‘g‘iz undoshi h tovush paychasining o‘zaro yaqinlashishi natijasida paydo bo‘ladi. Bo‘g‘iz undoshi 1 ta: h. Burun undoshi. To‘siqqa uchragan havoning burun orqali o‘tishidan hosil bo‘lgan tovush burun tovushi deyiladi: m, n, ng.

II. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra. Undosh tovushni talaffuz qilganda ba’zisi zichlashgan ikki a’zoga urilib, portlash yo‘li bilan hosil bo‘lsa, ayrimi ikki nutq organi oralig‘ida qolgan bo‘sh joydan sirg‘alib, ishqalanib chiqadi. Ba’zisi esa portlash va sirg‘alishning bir paytda yuz berishidan, boshqasi til uchi titrashidan paydo bo‘ladi. Shunga ko‘ra, undosh 3 ga bo‘linadi: 1) portlovchi undosh; 2) sirg‘aluvchi undosh; 3) portlovi-sirg‘aluvchi undosh. Agar havo jipslashgan nutq a’zosidagi to‘siqni yorib, portlash yo‘li bilan chiqsa, portlovchi undosh hosil bo‘ladi. O‘zbek tilida portlovchi undosh 9 ta: b, p, d, t, k, q, g, ch, j.Havo oqimi o‘zaro yaqinlashgan ikki a’zo oralig‘idan ishqalanib o‘tsa, sirg‘aluvchi undosh hosil bo‘ladi. O‘zbek tilida u 11 ta: v, f, s, z, sh, y, x, h, l, g‘, j (jurnal). M, n, ng, l, r tovushini talaffuz qilganda, lab labga, til tanglayga jipslashib, portlashga tayyor tursa, havo oqimi burun bo‘shlig‘idan yoki tilning yonidan chiqib ketadi. Shu sababli ular portlovchisirg‘aluvchi deb yuritiladi.

Ayrim tovushning hosil bo‘lish usuli va o‘rniga ko‘ra bundan boshqa belgisi ham bor. Mas., paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra nutq a’zosining asosan bir yerida hosil bo‘lib, bir portlovchi va bir sirg‘aluvchi tovushni o‘z ichiga olgan, ajratilmay talaffuz qilinadigan tovush qorishiq tovush deyiladi. Ular 2 ta: j(dj), ch (tsh).

r tovushi til uchining qattiq tanglayga muntazam urilib turishidan (titrashidan) hosil bo‘ladi. Shuning uchun u titroq tovush deyiladi.

l undoshi talaffuzida til o‘pkadan chiqayotgan havoga to‘siq bo‘lmoqchi bo‘ladi, ammo havo uning ikki yonidan chiqib ketgani bois «portlash» yuz bermaydi. Shu sababli l undoshi til yon tovushi deyiladi. Shuningdek, h bo‘g‘iz, y til o‘rta tovushi, boshqa bunday tovush yo‘q. Demak, j (dj), ch, r, l, h, y tovushi – o‘ziga xos belgili tovush.

III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra.Tovush paychacining harakati va holati natijasida paydo bo‘ladigan shovqin va ovoz ishtirokiga ko‘ra undosh 2 ga bo‘linadi: a) jarangli; b) jarangsiz. Talaffuzida tovush paychasi taranglashadigan, ya’ni harakatga keladigan undosh jarangli undoshdeyiladi. Taranglashgan tovush paychasi orasidagi tor oraliqdan chiqayotgan havo oqimi uni bir oz titratib o‘tadi. Demak, tovush paychasi taranglashishi ovozni hosil qilsa, og‘iz bo‘shlig‘idagi to‘siq shovqin yaratadi. O‘zbek tilida jarangli undosh 14 ta: b, v, g, d, y, j(dj), j, z, m, n, ng, l, r, g‘.

Jarangsiz undosh tovushni hosil qilishda tovush paychasi taranglashmaydi. Keng oraliqdan o‘tayotgan havo oqimi tovush paychasini titratmay o‘tadi. Natijada ovoz, ya’ni jarang yuz bermaydi. To‘siq yaratgan shovqinning o‘zi qoladi. O‘zbek tilida jarangsiz undosh 10 ta: p, k, t, f, ch, s, sh, q, x, h.Ayrim jarangsiz undosh jarangli undosh bilan hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bir xil, juftlik hosil qiladi. Ular 8 ta: b – p, d – t, z – s, v – f, g – k, j(sirg‘aluvchi) – sh, g‘ – x, j(dj)–ch.Nutqda ba’zan jarangli undosh jarangsizlashadi: kitob – kitop, tez – tes, dard – dart, tog‘ – tox kabi.

IV. Ovozning miqdoriga ko‘ra. Undosh tovushning ba’zisida ovoz ko‘p bo‘lsa, ba’zi undoshda shovqin ko‘p bo‘ladi. Ana shu xususiyatiga ko‘ra undosh 2 ga bo‘linadi: 1) sonor; 2) shovqinli. Ovoz shovqinga nisbatan ustun bo‘lgan undosh sonordir (sonor lotincha «ovozdor» demakdir). Sonor talaffuzida tovush paychasi taranglashib titraydi, ovoz hosil bo‘ladi. Shu jihati bilan sonor unliga yaqin turadi. Ammo og‘iz bo‘shlig‘ida qisman shovqin qatnashganligi uchun undosh hisoblanadi. O‘zbek tilida sonor 5 ta: m, n, ng, l, r. Sonordan boshqa undoshda ovoz oz, shovqin ko‘p bo‘ladi. Bunday undosh shovqinli undosh deyiladi. O‘zbek tilida 19 ta undosh shovqinli: b, v, g, d, y, j(dj), j, z, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h, g‘.

Undosh tovush talaffuzi.Undosh tovush talaffuziadabiy tilda undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari, orfoepik me’yorlari.Undosh tovush orfoepiyasi ko‘proq fonetik hodisaga bog‘liq bo‘ladi. Xususan: 1) b, d jarangli undoshlari so‘z oxirida jarangsiz p, t tarzida talaffuz etiladi, bu hol o‘zbek adabiy talaffuzi uchun me’yor: kitob>kitop, borib>borip, yozib>yozip, savod>savot, obod>obot kabi; 2) b, d undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qo‘llanganda assimilyatsiyaga uchrab, p, t holida talaffuz etiladi, bu hol ham adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi: ibtidoiy>iptidoiy, ketdi>ketti; 3) j, z undoshining jarangsiz undoshlar ta’sirida sh, s deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun me’yordir: ijtimoiy > ishtimoiy, mazkur > maskur kabi; 4) b, q undoshining sirg‘aluvchi v, g‘ undoshiga o‘tishi ham adabiy talaffuz me’yoriga xilof emas: bora ber > boraver, keta ber > ketaver kabi.

V undoshichetdan kirgan avtobus, avtomat, Ivanov so‘zida f kabi aytiladi. gundoshik, q bilan tugagan so‘zda k va q tarzida aytiladi: ek+gan=ekkan, chiq+gan=chiqqan. D undoshiobod, ozod kabi so‘zda kelganda t kabi aytiladi, xursand, farzand kabi so‘zda undoshdan keyin kelganda esa tushib qoladi. Jqorishiq-portlovchi undoshi avj, mavj so‘zida chkabi aytiladi. Jsirg‘aluvchiundoshi chetdan kirgan furajka, telejka kabi so‘zlarda shkabi aytiladi. Zundoshisakkizta, tuzsiz kabi so‘zda yonidagi tovush ta’sirida s kabi talaffuz qilinadi. N undoshiyonma-yon, sonma-son,manba, tanbur, shanba kabi so‘zlarda m kabi aytiladi. Fundoshifakt, taft kabi so‘zda p kabi aytiladi. Qundoshimaqsad, taqsimot, to‘qson, oqshom kabi so‘zlarda xkabi talaffuz qilinadi.

Bo‘g‘izda paydo bo‘lib, biror qarshilikka uchramaydigan, sof ovozdan iborat, cho‘zilish xususiyatiga ega, urg‘u qabul qiladigan tovush unli tovush deyiladi: i, e, a, u, o‘, o.

Unli akustik (eshitilish) tomonidan ovozning ustunligi, fiziologik (paydo bo‘lish) tomondan og‘izning ochilish darajasi bilan xarakterlanadi. Unli talaffuzida asosiy vazifani tovush paychasi, til va lab bajaradi (ya’ni talaffuzda og‘iz, til va lab turli holatga o‘tadi).

U nlitovush tasnifi. Unli tovush ikki tomonlama tasnif qilinadi:

I. Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra 3 ga ajraladi: 1) yuqori tor unli: i, u. 2) o‘rta keng unli: e, o‘.3) quyi keng unli: a, o.Bunda yuqori, o‘rta, quyi so‘zi tilning og‘iz bo‘shlig‘ining pastida, o‘rtasida va yuqorisida turishni ko‘rsatsa, tor va keng so‘zi til bilan tanglay oralig‘ining tor-kengligiga ishora qiladi.

II. Labning ishtirokiga ko‘ra unli ikkiga bo‘linadi:1)lablanmagan unli: i, e, a. 2)lablangan unli: u, o‘, o. Lablangan unlini talaffuz qilganda lab cho‘chchayadi, lablanmagan unlida esa bunday hol kuzatilmaydi.Ba’zan unlini tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra ikki guruhga ajratishadi: 1) til oldi: i, e, a.2) til orqa: u, o‘, o.Bu unlining doimiy belgisi va tasnifi emas. Chunki bir unli til orqa undoshi bilan kelsa, til orqa, til oldi undoshi bilan kelsa, til oldi unlisiga aylanadi. Mas.,qachonso‘zidagiatil orqa,manaso‘zidagi unli til oldi unlisi.Yoki paydo, tamannoso‘zidagiotil oldi, qon, xotiraso‘zidaesa til orqa.

            Unli tovush talaffuzi. Unli tovush talaffuzi adabiy tilda unli tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari, orfoepik me’yorlari.I unlisi: 1) bir bo‘g‘inli so‘zda qisqa va ingichka talaffuz qilinadi: til, tish, bil, sir kabi; 2) q, g‘, x undoshlari bilan yondosh qo‘llanganda yo‘g‘on talaffuz etiladi: qish, g‘isht, xil kabi; 3) y, ng undoshlaridan oldin ingichka va bir oz cho‘ziq talaffuz etiladi: chiy, kiy, ming kabi; 4) l, r undoshlaridan oldin kelgan i unlisi bilinar-bilinmas talaffuz qilinadi bilan, biroq, sira, tilak, gilam, gilos kabi. U unlisi:1) k, g, y undoshlaridan keyin ingichka kul, atirgul, yuk, kabi; q, g‘, x undoshlaridan so‘ng esa yo‘g‘on talaffuz qilinadi: qul, norg‘ul, xulq kabi; 3) -uvchi, -uv affikslari tarkibida cho‘ziqroq aytiladi: yozuvchi, o‘quvchi, to‘quvchi, oluv, qo‘shuv kabi. O‘ unlisi:1) bir bo‘g‘inli so‘zda, shuningdek ko‘p bo‘g‘inli so‘zning urg‘usiz bo‘g‘inida qisqa talaffuz etiladi: bo‘r, to‘r, ro‘mol, so‘roq kabi; 2) takroriy shaklning birinchi komponentida (urg‘uli bo‘g‘inda) cho‘ziq talaffuz qilinadi: ko‘p-ko‘p, zo‘r-zo‘r, mo‘l-mo‘l kabi; 3) sayoz til orqa k, g, til o‘rta y va bo‘g‘iz undoshi (h) dan so‘ng torroq unli tarzida: ko‘l, go‘r, ho‘l, yo‘l kabi; chuqur til orqa q, g‘, x undoshlaridan so‘ng kengroq unli tarzda talaffuz etiladi: qo‘l, g‘o‘r, xo‘r, qo‘r kabi. Eunlisi:so‘z va bo‘g‘in boshida kengroq (erkin, ekin, eslamoq kabi), bo‘g‘in ichida bir oz torroq (kecha, beda, tekin, sekin kabi) talaffuz qilinadi. E unlisi feruz, dehqon, telefon, adres so‘zlarida i tovushiga yaqin aytiladi. A unlisi: sayoz til orqa k, g undoshlari bilan yonma-yon kelganda yumshoq va ingichka unli tarzida (kam, gap kabi) talaffuz qilinadi.

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Tovush – bo‘g‘in – so‘z – to‘xtam – jumla
Ma’nosiga ko‘ra
(nutq birliklari tarkibining sodda-murakkabligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.