Undosh tovush – undosh paydo bo‘lish o‘rni, tarkibi va boshqa sifati bilan unli tovushdan farqlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘lib, biror qarshilikka uchrab chiqadigan, uzoq cho‘zilish xususiyatiga ega bo‘lmagan, urg‘u qabul qilmaydigan tovush undosh deyiladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undosh tovush 24 ta:b, d, f, g, h, j (dj – jo‘ja), j (jurnal), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng.
Sirg‘aluvchi j, labtish f tovushi boshqa tildan olingan so‘zdagina uchraydi: gijda, ajdar, foyda, kift, fabrikakabi.
Undosh tovushtasnifi. Undosh, asosan, to‘rt belgiga ko‘ra tasnif qilinadi:
I. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra. Bunda undosh tovusho‘pkadan chiqayotgan havo oqimi nutq a’zosining qaysisi yordamida hosil bo‘lishiga, og‘izning qaysi qismida to‘siqqa uchrashiga ko‘ra dastlab 3 ga bo‘linadi: 1. Lab undoshi(5 ta):b, p, v, f, m.U o‘z navbatida 2 ga bo‘linadi:a) lablab: b,v, p, m; b) labtish: (v), f.Labtish undoshi v boshqa tildan kirgan so‘zlarda uchraydi.2. Til undoshi (18 ta): t, d, l, n, s, z, sh, j (dj), r, ch, j, y, k, g, ng, q, g‘, x.Til undoshi til tanglayning qaysi qismiga urilishiga ko‘ra 3 ga bo‘linadi: 1)til oldi:t, d, l, n, s, z, sh, j (dj), r, ch, j;Til oldi undoshi pastki tish va tanglayning ishtirokiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi:a)tiltish undoshi 6 ta: t, d, l, n, s, z;b)tilmilk undoshi 5 ta: sh, j (dj), r, ch, j.2) til o‘rta 1 ta: y.Til o‘rta undoshi tilning o‘rta qismi tanglayga yaqinlashishi natijasida paydo bo‘ladi. 3) til orqa undoshi 6 ta: g, k, q, g‘, x, ng. Til orqa undoshi – tilning orqa qismi yumshoq tanglayga yaqinlashishi natijasida paydo bo‘ladi. Til orqa undoshi o‘z navbatida 2 ga bo‘linadi: a) yaqin (sayoz) til orqa: k, g, ng;b) chuqur til orqa: q, g‘. x.3. Bo‘g‘iz undoshi h tovush paychasining o‘zaro yaqinlashishi natijasida paydo bo‘ladi. Bo‘g‘iz undoshi 1 ta: h. Burun undoshi. To‘siqqa uchragan havoning burun orqali o‘tishidan hosil bo‘lgan tovush burun tovushi deyiladi: m, n, ng.
II. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra. Undosh tovushni talaffuz qilganda ba’zisi zichlashgan ikki a’zoga urilib, portlash yo‘li bilan hosil bo‘lsa, ayrimi ikki nutq organi oralig‘ida qolgan bo‘sh joydan sirg‘alib, ishqalanib chiqadi. Ba’zisi esa portlash va sirg‘alishning bir paytda yuz berishidan, boshqasi til uchi titrashidan paydo bo‘ladi. Shunga ko‘ra, undosh 3 ga bo‘linadi: 1) portlovchi undosh; 2) sirg‘aluvchi undosh; 3) portlovi-sirg‘aluvchi undosh. Agar havo jipslashgan nutq a’zosidagi to‘siqni yorib, portlash yo‘li bilan chiqsa, portlovchi undosh hosil bo‘ladi. O‘zbek tilida portlovchi undosh 9 ta: b, p, d, t, k, q, g, ch, j.Havo oqimi o‘zaro yaqinlashgan ikki a’zo oralig‘idan ishqalanib o‘tsa, sirg‘aluvchi undosh hosil bo‘ladi. O‘zbek tilida u 11 ta: v, f, s, z, sh, y, x, h, l, g‘, j (jurnal). M, n, ng, l, r tovushini talaffuz qilganda, lab labga, til tanglayga jipslashib, portlashga tayyor tursa, havo oqimi burun bo‘shlig‘idan yoki tilning yonidan chiqib ketadi. Shu sababli ular portlovchisirg‘aluvchi deb yuritiladi.
Ayrim tovushning hosil bo‘lish usuli va o‘rniga ko‘ra bundan boshqa belgisi ham bor. Mas., paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra nutq a’zosining asosan bir yerida hosil bo‘lib, bir portlovchi va bir sirg‘aluvchi tovushni o‘z ichiga olgan, ajratilmay talaffuz qilinadigan tovush qorishiq tovush deyiladi. Ular 2 ta: j(dj), ch (tsh).
r tovushi til uchining qattiq tanglayga muntazam urilib turishidan (titrashidan) hosil bo‘ladi. Shuning uchun u titroq tovush deyiladi.
l undoshi talaffuzida til o‘pkadan chiqayotgan havoga to‘siq bo‘lmoqchi bo‘ladi, ammo havo uning ikki yonidan chiqib ketgani bois «portlash» yuz bermaydi. Shu sababli l undoshi til yon tovushi deyiladi. Shuningdek, h bo‘g‘iz, y til o‘rta tovushi, boshqa bunday tovush yo‘q. Demak, j (dj), ch, r, l, h, y tovushi – o‘ziga xos belgili tovush.
III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra.Tovush paychacining harakati va holati natijasida paydo bo‘ladigan shovqin va ovoz ishtirokiga ko‘ra undosh 2 ga bo‘linadi: a) jarangli; b) jarangsiz. Talaffuzida tovush paychasi taranglashadigan, ya’ni harakatga keladigan undosh jarangli undoshdeyiladi. Taranglashgan tovush paychasi orasidagi tor oraliqdan chiqayotgan havo oqimi uni bir oz titratib o‘tadi. Demak, tovush paychasi taranglashishi ovozni hosil qilsa, og‘iz bo‘shlig‘idagi to‘siq shovqin yaratadi. O‘zbek tilida jarangli undosh 14 ta: b, v, g, d, y, j(dj), j, z, m, n, ng, l, r, g‘.
Jarangsiz undosh tovushni hosil qilishda tovush paychasi taranglashmaydi. Keng oraliqdan o‘tayotgan havo oqimi tovush paychasini titratmay o‘tadi. Natijada ovoz, ya’ni jarang yuz bermaydi. To‘siq yaratgan shovqinning o‘zi qoladi. O‘zbek tilida jarangsiz undosh 10 ta: p, k, t, f, ch, s, sh, q, x, h.Ayrim jarangsiz undosh jarangli undosh bilan hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bir xil, juftlik hosil qiladi. Ular 8 ta: b – p, d – t, z – s, v – f, g – k, j(sirg‘aluvchi) – sh, g‘ – x, j(dj)–ch.Nutqda ba’zan jarangli undosh jarangsizlashadi: kitob – kitop, tez – tes, dard – dart, tog‘ – tox kabi.
IV. Ovozning miqdoriga ko‘ra. Undosh tovushning ba’zisida ovoz ko‘p bo‘lsa, ba’zi undoshda shovqin ko‘p bo‘ladi. Ana shu xususiyatiga ko‘ra undosh 2 ga bo‘linadi: 1) sonor; 2) shovqinli. Ovoz shovqinga nisbatan ustun bo‘lgan undosh sonordir (sonor lotincha «ovozdor» demakdir). Sonor talaffuzida tovush paychasi taranglashib titraydi, ovoz hosil bo‘ladi. Shu jihati bilan sonor unliga yaqin turadi. Ammo og‘iz bo‘shlig‘ida qisman shovqin qatnashganligi uchun undosh hisoblanadi. O‘zbek tilida sonor 5 ta: m, n, ng, l, r. Sonordan boshqa undoshda ovoz oz, shovqin ko‘p bo‘ladi. Bunday undosh shovqinli undosh deyiladi. O‘zbek tilida 19 ta undosh shovqinli: b, v, g, d, y, j(dj), j, z, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h, g‘.
Undosh tovush talaffuzi.Undosh tovush talaffuzi – adabiy tilda undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari, orfoepik me’yorlari.Undosh tovush orfoepiyasi ko‘proq fonetik hodisaga bog‘liq bo‘ladi. Xususan: 1) b, d jarangli undoshlari so‘z oxirida jarangsiz p, t tarzida talaffuz etiladi, bu hol o‘zbek adabiy talaffuzi uchun me’yor: kitob>kitop, borib>borip, yozib>yozip, savod>savot, obod>obot kabi; 2) b, d undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qo‘llanganda assimilyatsiyaga uchrab, p, t holida talaffuz etiladi, bu hol ham adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi: ibtidoiy>iptidoiy, ketdi>ketti; 3) j, z undoshining jarangsiz undoshlar ta’sirida sh, s deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun me’yordir: ijtimoiy > ishtimoiy, mazkur > maskur kabi; 4) b, q undoshining sirg‘aluvchi v, g‘ undoshiga o‘tishi ham adabiy talaffuz me’yoriga xilof emas: bora ber > boraver, keta ber > ketaver kabi.
V undoshichetdan kirgan avtobus, avtomat, Ivanov so‘zida f kabi aytiladi. gundoshik, q bilan tugagan so‘zda k va q tarzida aytiladi: ek+gan=ekkan, chiq+gan=chiqqan. D undoshiobod, ozod kabi so‘zda kelganda t kabi aytiladi, xursand, farzand kabi so‘zda undoshdan keyin kelganda esa tushib qoladi. Jqorishiq-portlovchi undoshi avj, mavj so‘zida chkabi aytiladi. Jsirg‘aluvchiundoshi chetdan kirgan furajka, telejka kabi so‘zlarda shkabi aytiladi. Zundoshisakkizta, tuzsiz kabi so‘zda yonidagi tovush ta’sirida s kabi talaffuz qilinadi. N undoshiyonma-yon, sonma-son,manba, tanbur, shanba kabi so‘zlarda m kabi aytiladi. Fundoshifakt, taft kabi so‘zda p kabi aytiladi. Qundoshimaqsad, taqsimot, to‘qson, oqshom kabi so‘zlarda xkabi talaffuz qilinadi.