Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sas}
So‘z bo‘g‘inlari: sas
Izoh(lar)i:
sas ot

1. poet. Ovoz, tovush; nido. Bog‘ ichra kirdim men tongda, Borliq sokin: na sas, na tovush. X. Davron, Qaqnus
Tosh yuraging yumshasin, Eshitsin qalblar sasin. H. Olimjon
O‘rmon to‘ldi qush sasiga, Kuylab oqdi irmoqlar. E. Vohidov, Nido

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ovoz [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Ikki mustaqil so‘zning birikib yasalishidanqo‘shma, juft va takroriy so‘z hosil bo‘ladi.

Qo‘shma so‘z: sadarayhon, sotib oldi, tuyaqush, soddadil, biroz, bir nafas, birpas.

Juft so‘z: qozon-tovoq, achchiq-chuchuk, achchiq-tiziq, bola-chaqa, katta-kichik;

Juft so‘z yangi lug‘aviy ma’no anglatsa, yasama so‘z hisoblanadi: bordi-keldi (aloqa), issiq-sovuq (ahvol), quyuq-suyuq (ovqat). Mas., chol-kampir so‘zining ma’nosi chol va kampir, aka-uka so‘zining ma’nosi aka va uka, asta-sekin so‘zining ma’nosi asta va sekin so‘zining alohida-alohida atash ma’nosidan farqlanmaydi. Demak, bular yasama so‘z emas.

Takroriy so‘z:ququ(qush), dudut(yengil mashina),popop(asli: poppop, tikuv mashinasi), tutu(tovuq),patpat(mototsikl), shapshap, es-es, ko‘z-ko‘z, qop-qop, tez-tez, tog‘-tog‘, yo‘lyo‘l, yoryor, izmaiz.

Qo‘shma, juft, takroriy so‘zning hosil bo‘lishi kompozitsiya usulida, lekin undan so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shib yangi so‘z yasalsa, qo‘shimcha qo‘shish usuli ham yuzaga chiqadi: nomnishonsiz, domdaraksiz, orzuhavasli, og‘ainigarchilik, pirpirak, pirpiramoq, po‘shtpo‘shtlamoq, sarsonsargardonlik, sonsanoqsiz, uyjoyli, gijgijlamoq, hayhaylamoq, qarindoshurug‘chilik, haybarakallachi, vaqtichog‘lik, boshpanasiz kabi. Demak, bir so‘zda ikki yasalish usuli ham voqelanishi mumkin.

1. ensasi qotdi: ranjib, noxush bo‘ldi

2. ko‘zi kosasidan chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

3. sabr kosasi to‘ldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi 3) nihoyatda qattiq qo‘rqdi

1. Sassiq – badbo‘y – qulansa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

2. Yomon – badbo‘y – sassiq – qulansa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yoqining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.