1. rvsh. sh. Shu yoki o‘sha tobda emas, ma’lum vaqt o‘tgach; so‘ng.
Shu kitobni keyinroq o‘qiyman.
▬
Boyvachchaning kimligini keyin aytaman.
K. Yashin, Hamza
Xo‘p, hozir taqmasang, cho‘ntakka sol, uyingga yashir, keyin taqasan.
Oybek, Tanlangan asarlar
Qaltis yiqilib, biron joyi mayib bo‘lgan kishi buning og‘rig‘ini o‘sha tobda emas, keyin bilgandek, Sidiqjon bu mojaroning butun dahshatini shu kechasi ko‘rpaga kirganidan keyin biladi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
2. 2. Avvalgisining ketidan; so‘ng, so‘ngra.
Madaminxo‘ja dasturxon soldi, non ushatdi, keyin kattakon bir gurskettini keltirib, pichoq tortgan edi, qovun qars etib yorildi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Charos yana yig‘lab yubordi. Keyin ko‘z o‘ngi qorong‘ilashib, hech nima ko‘rinmay qoldi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. ayn. yn. (egalik va kelishik shakllari bilan: keyiniga, keyinida) orqa (orqasiga, orqasida), ket (ketiga, ketida).
Dushman yurar mard o‘g‘lonning keyinidan.
Oysuluv
Tuya, odati bo‘yicha, quduqdan chekkaga qarab yurdi, keyinidan jun arqon tortilib borardi.
K. Yashin, Hamza
Aqliraso bolalarim biladi: O‘qimagan nari, keyinda qolar.
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li
4. krsh. s. s. Bundan tashqari, shuning bilan birga, shuningdek; yana.
Agar [qovun] yaxshi bo‘lsa, xalq yeb, sizni duo qiladi, men o‘zim yemayman. Keyin, kim biladi, bir palakdan har xil qovun yetishadi Uch so‘lkavoy beraman, xo‘p deng.
Oybek, Tanlangan asarlar
5. ko‘m. vzf. (ch. k. bilan) an) So‘ng, ketidan, tugagach, o‘tgach.
Hammadan keyin. Ishdan keyin. Ovqatdan keyin. Kun botgandan keyin.
▬
Hammaga zehn solib o‘tirgan Safarov Bo‘taboy akadan keyin o‘shanga [Ro‘zimatga] so‘z berdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Sidiqjon ovqatdan keyin qo‘liga gazeta olgan edi, bir maqolani yarimlatmasdan, ko‘zi suzildi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
6. bog‘l. vzf. (ch. k. bilan) an) Sabab yoki payt ergash gapni bosh gapga bog‘lash uchun xizmat qiladi va sabab, payt munosabatini bildiradi.
Qo‘l kalta bo‘lgandan keyin, qayoqqa uzatasan?
Oybek, Tanlangan asarlar
Yorug‘ dunyodan umiding bo‘lmagandan keyin, darchang qiyshiq turdi nima bo‘ldi-yu, to‘g‘ri turdi nima bo‘ldi. Bunaqa narsalar orzu-havasga bog‘liq.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chirshugari
Bu ishlar bir qadar bitgandan keyin, Sidiqjon onasini olib kelgani Bahrobodga bordi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari