1. 1. Narsalarning kuzatuvchiga qaragan qismi; pesh, yuz.
Binoning oldiga shiorlar osilgan. Ko‘ylakning oldi uzunroq bo‘libdi.
▬
Ot old oyoqlarini irg‘itib sapchidi-da, shamoldek uchib ketdi.
S. Ahmad, Ufq
2. 2. Narsalarning ilgari tomonidagi yoki qismidagi joy, o‘rin.
Uyning oldini supurib, joy qilmoq.
▬
Mastonga aravaning oldidan joy berishdi.
A. Qahhor, Maston
3. (3-shaxs birlik shaklda) da) Biror ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilardan oldin bo‘ladigan, ro‘y beradigan, o‘tkaziladigan.
Bayram oldi musobaqasi. Saylov oldi kampaniyasi.
4. 4. 3-shaxs egalik va jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari affikslari bilan ko‘makchi vazifasida qo‘llanadi (oldida, oldidan).