Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qosh}
So‘z bo‘g‘inlari: qosh
Izoh(lar)i:
qosh ot

1. Qovoq tepasidagi yoysimon tukli qatlam. Quyuq qosh. Payvasta qosh. Qosh(ni) bo‘yamoq. Qosh(ni) termoq. Qosh(ni) chimirmoq. Qosh(ni) qoqmoq. ▬ Samandarov bir qoshi past va bir qoshi baland bo‘lib, o‘chib qolgan maxorkasini chiroqdan tutatib oldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
— Hoy-hoy, — kotib tutash qoshlarini uchirib qo‘yib, Akbarga ko‘z qisdi. A. Obidjon, Akang qarag‘ay Gulmat

2. Ba’zi narsalarning old qismi, turtib chiqqan joyi. Ayvonning qoshi. ▬ Xizmatkorlar qo‘ltig‘imdan ko‘tarib, otga mingashtirmoqchi bo‘lganlarida, oyog‘im uzangidan toyib, burnim egarning qoshiga tegib ketdi. G‘. G‘ulom, Tirilgan murda

3. Uzuk, isirg‘a kabi buyumlarga o‘yib solingan yoysimon gul — bezak. Kanizlarning qo‘llarida qoshlari brilliant oltin bilaguzuklar, bo‘yinlarida zebigardonlar. J. Sharipov, Xorazm

4. ko‘m. vzf. zf. (3-shaxs egalik va makon kelishiklari shaklida — qoshiga, qoshida, qoshidan) Makon munosabatlarini bildiradi. Hech kim rahm aylamas qolish yoshimga, Shakar aka, kelgin mening qoshimga. Shirin bilan Shakar
Qoshimdan noz-istig‘no bilan ketding, yomon bo‘ldi, Qoshimga noz-istig‘no bilan kelsang, yomon bo‘lmas. J. Kamol
Uch qizim bor, bir o‘g‘lim bor qoshimda, Baxt-u davlat keldi yetmish yoshimda. Habibiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: abro‘ [f-t], old [ida]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. bir qoshiq qondan o‘tmoq: -

2. bir qoshiq qonidan o‘tmoq: -

3. bir qoshiq suv bilan yutib yuborguday: beqiyos go‘zal, nihoyatda dilrabo

4. qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqardi: yaxshilik qilaman degan holda yomonlik qilib qo‘ydi

5. qosh qoraymoq: -

6. qoshini kermoq: 1.qoshini ko‘tarmoq; 2.taajjublanib qaramoq.

7. qoshiqday bo‘lib qolmoq: -

8. tayyor oshga qoshiq solmoq: -

9. yomondan yorti qoshiqmoq: Oxirigacha yeb-ichib qo‘ymay, ozgina qoldirilgan holatga nisbatan aytiladigan ibora.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.